JCh-2026 yarim final. Angliya — Argentina uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi e'lon qilindi
Bellashuvda mezbon hakamlar ishlaydi.
FIFA JCH–2026 yarim finalidan o‘rin olgan Angliya — Argentina uchrashuvini boshqaradigan hakamlar brigadasini rasman tasdiqladi.
Angliya — Argentina uchrashuvi hakamlari:
Bosh hakam: Ismoil Elfat (AQSh)
Birinchi yordamchi hakam: Kori Parker (AQSh)
Ikkinchi yordamchi hakam: Kayl Atkins (AQSh)
To‘rtinchi hakam: Mauritsio Mariani (Italiya)
Zaxira yordamchi hakam: Daniele Bindoni (Italiya)
Eslatib o‘tamiz, Angliya va Argentina o‘rtasidagi JCH–2026 yarim final uchrashuvi 15-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Bugun esa birinchi yarim finalda Fransiya va Ispaniya terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.