Dog‘istonning Kaspiysk shahrida erkin kurash bo‘yicha Ali Aliyev xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Turnirda erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi, Javrail Shapiyev 86 kg. vazn toifasidagi yarim final bellashuvida chechenistonlik Abdulla Satsayevni yenggan bo‘lsa, so‘nggi hal qiluvchi final bahsida dog‘istonlik Muhammad-Tohir Xaniyevni 4:0 hisobida taslim etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida, «Parij-2024» yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Javrail Shapiyev chempionga aylangan ushbu musobaqaning bronza medallariga Alan Nayfonov (Alaniya) va Ali Nurov (Dog‘iston) ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javrail polvon Dog‘istonda tengsiz bo‘ldi