| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Javohir Sindorov “Prezident kubogi-2024” peshqadami

Poytaxtimizdagi Shaxmat akademiyasi majmuasida o‘tkazilayotgan “Prezident kubogi-2024”ning 5-tur o‘yinlarida qayd etilgan natijalardan so‘ng Javohir Sindorov 4,5 ochko bilan yetakchiga aylanib oldi.
Ushbu turda Ortiq Nigmatov – Nodirbek Abdusattorov va Murali Kartikeyan – Sarin Nixal qarama-qarshiligidagi bahslarda murosa yo‘li tanlangani, Javohir Sindorov – Ivan Zemlyanskiy kurashida hamyurtimizning g‘oliblikka erishishi natijasida Sindorov “A” guruhida peshqadamga aylanib oldi.

Bugun, 26 noyabr kuni nufuzli musobaqaning 6-turida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov “dueli” “Prezident kubogi-2024”ning markaziy o‘yini sifatida e’tibor markazida bo‘ladi.
Shuningdek, eronlik Amin Tabatabai - Ortiq Nigmatov, Saparmurat Atabayev(Turkmaniston) - Sarin Nixal(Hindiston), Vitaliy Bernadskiy - Saxa Nilash(Hindiston) bellashuvlari da’vogarlarning keyingi imkoniyatlarini belgilab berishi bilan e’tiborlidir.

Mukofot jamg‘armasi 75 ming AQSH dollaridan iborat turnirda 1 nafar shaxmatchi 4,5, 8 nafari 4, 12 nafari 3,5 ochko jamg‘argan.
Eslatib o‘tamiz, 29 noyabrga qadar davom etadigan “Prezident kubogi-2024”ning “A” guruhida 120 nafar, “B” guruhida 132 nafar shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA
Muallif: tulqinruziyev




