Javohir Sindorov Jenevada, Nodirbek Abdusattorov Londonda
Bugun, 24-noyabr kuni Şveysariyaning Jeneva şahrida Javohir Sindorov va amaldagi çempion hindistonlik Gukeş Dommaraju örtasida Jahon çempionligi va şaxmat toji uçun kuraş boşlansa, mahoratli grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov Buyuk Britaniyada ötadigan “London Chess Classic 2026” xalqaro turnirida iştirok etiş uçun London şahriga yetib boradi.
Dunyoning 10 nafar eng kuçli şaxmatçisi qatnaşadigan xalqaro turnirda “Masters” guruhining ötgan yilgi çempioni sifatida qatnaşayotgan Abdusattorovga Nihal Sarin (Hindiston), Levon Aronyan, Endi Vudvord (AQŞ), Gaveyn Maroroa Jons, Maykl Adams, Lyuk MakŞeyn, Vasiliy Ivançuk va Igor Samunenkov (Ukraina) raqobat körsatadi.

Musobaqaning “Masters” guruhi bahslari klassik şaxmat nazorati asosida davra tizimida ötkaziladi. Şaxmatçilar 9 turda özaro kuç sinaşadi.
“Masters”ning umumiy mukofot jamğarmasi 131 ming AQŞ dollaridan iborat bölib, ğolib şaxmatçi 65 ming 500 AQŞ dollari bilan taqdirlanadi.
Aytiş lozimki, “London Chess Classic 2026” xalqaro turniri 25-noyabr - 4-dekabr kuni taşkil etiladi.
Şundan söng, 5–6-dekabr kunlari “London Chess Classic 2026” doirasida rapid yönalişi böyiça musobaqalar taşkil etilişi nazarda tutilgan. 10 ta turdan iborat mazkur bahslarda jahonning yetakçi şaxmatçilaridan biri, norvegiyalik Magnus Karlsen iştirok etadi.
T.Röziyev,
ÖzA