Mamlakatimizda aholini asosiy oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash borasida qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz rahbarligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish, bozorlarda narxlar barqarorligini yo‘lga qo‘yish, bu borada fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqachilar imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qiladi, dasturxonlarimiz to‘kinligini ta’minlaydi, turmushimiz farovonligiga zamin bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik, sohaga eng so‘nggi texnologik va innovatsion yangiliklarni joriy etish dolzarb ahamiyatga ega. Yaqinda bu borada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyaning "KOPIA – Uzbekistan" xalqaro tashkilotining “Extension Center” markazi ochilgani e’tiborga molik.   

Markazning ochilish marosimida Janubiy Koreyaning "KOPIA– Uzbekistan" xalqaro tashkiloti rahbari Sung Jong, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi xorijiy aloqalar va investitsiyalarni jalb etish sektori rahbari Sanjar Adilov, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov va institut jamoasi ishtirok etib, sohadagi muhim o‘zgarishlar, mazkur markazning maqsadi va ahamiyati xususida o‘zlarining fikr-mulohozalarini bildirdilar.  

Qayd etildiki, Janubiy Koreyaning KOPIA (Korea Program on International Agriculture) tashkiloti jahonning 20 dan ziyod davlatlarida faoliyat olib boradi. O‘zbekistonda ham o‘z markazini ochishdan asosiy maqsad Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi texnologiyasini O‘zbekiston sharoitida joriy etish, mamlakatdagi fermer, dehqonlar va sohaning boshqa xodimlari daromadini oshirish, shuningdek, respublikada agrar soha rivojiga ko‘maklashishdan iborat. Bundan tashqari, markaz o‘zbekistonlik va xorijiy olimlarni birlashtiradigan maskanga aylanishi kutilmoqda.   

Soha vakillari va olimlar qishloq xo‘jaligi texnologiyasi sohasi bilan birga, meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik kabi yo‘nalishlarda ham hamkorlikda ish olib boradi.   

Mazkur markazda o‘z sohasining professional mutaxassislari tomonidan mamlakatimizning fermer va dehqonlariga ko‘mak va maslahatlar berilishi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, fermerlar, dehqonlar maslahat olish uchun markazga muntazam kelib turishlari mumkin.  

Ta’kidlash joizki, ushbu markaz o‘z faoliyati bilan yurtimiz qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirishga, agrar yo‘nalishdagi yangi g‘oya va tajribalarning joriy etilishiga xizmat qiladi.     
 
Muhtarama Komilova, 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyaning KOPIA tashkiloti O‘zbekistonda o‘z markazini ochdi