Markus Reshford «Manchester Yunayted»da qolishi mumkin
«Qizil iblislar» o‘z tarbiyalanuvchisini kelasi mavsum uchun jamoa tarkibida olib qolishga tayyor.
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford «Barselona»dagi ijara muddati yakunlangach, Manchester klubida qolishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Reshford bugun «Manchester Yunayted»ning Karringtondagi mashg‘ulot bazasiga yetib kelgan.
Angliyalik hujumchiga Turkiya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o‘zi ushbu variantlarni ko‘rib chiqmayapti.
«Manchester Yunayted» esa o‘z tarbiyalanuvchisini kelasi mavsum uchun jamoa tarkibida olib qolishga tayyor.
Reshford o‘tgan mavsumni «Barselona»da ijara asosida o‘tkazgan. Ijara muddati yakunlangach, Kataloniya klubi futbolchini to‘liq sotib olish imkoniyatidan foydalanmadi.