Har yili Yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalari, ya’ni “paqildoq”lardan foydalanish mavzusi ko‘tariladi. Boisi, aynan “paqildoq”lar sababli nafaqat o‘ziga, balki atrofidagilarga ham zarar yetkazgan yurtdoshlarimiz haqida barchamiz xabardormiz.

“Paqildoq”larni otishga qiziquvchilar yosh bolalar ekanini yaxshi bilgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar esa ularni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga harakat qilaverishadi. Kichik xaridorlar esa “paqildoq”ning o‘tkir ovozi-yu undan chiqadigan tutunga ishqiboz bo‘lishadi, oqibatini o‘ylashmaydi.    

Xo‘sh, pirotexnika vositalarini sotib olish, ulardan foydalanishning oldini olish maqsadida bayram oldi qanday tadbirlar o‘tkazilmoqda? Maktab, mahalla, bog‘chalarda yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan  tushuntirish ishlari ko‘ngildagidekmi? Huquqbuzarlarga nisbatan qonunda qanday choralar belgilangan?  

Ushbu masala yuzasidan maktab direktorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan suhbatlashdik.  

— Hozirgi kunda maktabimizda 2300 dan ortiq o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Ularga 110 nafar o‘qituvchi bilim beradi, — deydi Bektemir tumanidagi 293-maktab direktori Nigora Tojibayeva. — O‘quvchilarning  xavfsizligini ta’minlash, sog‘liqlariga zarar yetmasligini istagan holda ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boramiz. Haftaning payshanba kunlari tumanimizdagi hamkor tashkilot xodimlari bilan birgalikda “Tig‘ tadbirlari”ni o‘tkazamiz.  

Maktabimizda 2 nafar psixolog faoliyat yuritadi. Ular o‘quvchilarga pirotexnika vositalaridan foydalanishning tan jarohatlaridan tashqari psixologik jarohatlar ham berishini tushuntiradi. O‘quvchilarimiz bunday vositalarga pul sarflamasliklarini, uning zararli ekanini tushunishganini aytmoqda.  

Men bir narsani alohida ta’kidlamoqchiman. Biz ustozlar maktabda bolalarga bu narsalarning zarar ekanini tushuntirsak, ota-onalar ham uyda bolalariga undan foydalanishni taqiqlashsa, maqsadimizga erishamiz.  

– Xo‘sh, shu kungacha pirotexnika buyumlari muomalasi bilan bog‘liq qanday holatlar aniqlandi?  

—O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan joriy yilning noyabr-dekabr oylari davomida pirotexnika vositalarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Usmonov. — Ushbu tadbirlar davomida 140 ga yaqin holat aniqlanib, huquqbuzarlardan 1 million 200 ming dona pirotexnika vositalari olib qo‘yildi. Undan tashqari fuqarolarimiz 200 ming donaga yaqin pirotexnika vositalarini ixtiyoriy ravishda topshirdi.  

– “Paqildoq”larning sotilishi aniqlanganda huquqbuzarga nisbatan qanday choralar qo‘llaniladi?  

—Pirotexnika buyumlarini qonunga xilofligi bilan bog‘liq holatlar  aniqlanganda  huquqbuzarni jarimaga tortish masalasi ko‘rib chiqiladi, — deydi A.Usmonov. — Belgilangan qonun hujjatlarida bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 20 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.    

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/M-n8PRLJSk0" title="Jajji xaridorlar “paqildoq”ning zarari haqida bilmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Bu kabi holatlar yana qayta takrorlansa, huquqbuzarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqiladi.  

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilofligi muomalasi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash bo‘yicha Milliy gvardiya xodimlari tadbirlarni jamoat joylarida, aholi ko‘p to‘planadigan hududlarda, bozor hamda istirohat bog‘larida o‘tkazmoqda.  

N.Rahmonova,

A.Sodiqov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jajji xaridorlar “paqildoq”ning zarari haqida bilmaydi (+video)