Jahon shaxmat yulduzlari Toshkentda jam bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Crowne Plaza” mehmonxonasida dunyoning yetakchi shaxmatchilari ishtirokidagi nufuzli “UzChess Cup 2026” xalqaro shaxmat musobaqasiga start berildi.
Mazkur turnir davlatimiz rahbarining 2023-yil 10-mayda qabul qilingan 2“2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
“UzChess Cup 2026” O‘zbekistonning eng nufuzli xalqaro shaxmat turnirlaridan biri bo‘lib, unda jahonning taniqli grossmeysterlari, tajribali shaxmatchilar hamda istiqbolli yosh iste’dodlar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
[gallery-29859]
Turnirning ilk turida hamyurtimiz Muhiddin Madaminov kuchli raqiblardan biri — Yan Nepomnyaiy ustidan g‘alaba qozondi. Nodirbek Yoqubboyev va Nodirbek Abdusattorov o‘rtasidagi bahs durang natija bilan yakunlandi. Shamsiddin Vohidov ham Arjun Erigaysiga qarshi kechgan murosasiz uchrashuvda durang qayd etdi.
Shuningdek, Nikolaos Teodoru — Hans Nimann hamda Shahriyor Mamedyarov — Vidit Gujrati juftliklari o‘rtasidagi bahslar ham shaxmat muxlislarining katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
15-iyunga qadar davom etadigan musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki O‘zbekistonning jahon shaxmatidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA