O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida muallif va rejissyor Shuhrat Ibragimov tomonidan sahnalashtirilgan “Jadidlar. So‘nggi kunlar” nomli tarixiy dramaning namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Aytish kerkki, bugungi kunda ko‘plab teatr jamoalari jadidlik harakatiga oid sahna asarlarini tomoshabinlarga taqdim etmoqda. O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektakl badiiy jihatdan puxta va mukammalligi, tomoshabinni o‘ziga jalb eta olishi, betakror ta’sir kuchiga ega ekani, mavzuga puxta yondashuvi bilan ahamiyatli.   

Ushbu asarda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy singari jadid bobolarimizning Vatan ozodligi, xalqning ma’rifatga erishishi, milliy o‘zlikni anglash kabi hayotiy shior va g‘oyalari tomoshabinga juda ta’sirchan, xalqchil va ravon tarzda taqdim etilgani diqqatga sazovor.   

Spektakl tomoshabinni o‘tgan asrning boshlariga qaytaradi. Istilochilarning kirdikorlari, xalqimizdan qul va xoinlar yasashdek asl maqsad-muddaolari, hatto vaqti kelib, bunday qora kunlarni millatning o‘ziga ag‘darish yo‘lidagi hiyla va nayranglari, “sopini o‘zidan chiqargan” ming bir ayyorona usullari juda haqqoniy tarzda - Sotti Husayn singari nishonparast sotqinlar vositasida ochib berilgani tomoshabinda katta taassurot uyg‘otadi.     

Yangi sahna asari davomida jadid bobolarimiz ijodidan, ularning millatimizga qarata aytgan so‘zlaridan namunalar yangrashi, asar g‘oyasiga uyg‘un bo‘lgan musiqa, texnik  yoritish usullari spektaklning ta’sirchanligini yanada oshirgan.   

Spektaklda asosiy rollarni Yo‘ldosh Ermatov, Abduhakim Xalilov, Fayzulla Asqarov, Rahmatilla Qurbonov, Sanjar Islomoxunov, Sherzod Ahmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Shamsiqamar Mansurova, Yodgora Ziyomuhammedova ijro etgan.   

–Ushbu spektakl maktabimiz o‘quvchilariga juda manzur bo‘ldi, – dedi “Ziyo-Zukko” umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Dilafro‘z Xalilova. – Jadidlarga oid bunday spektakllar bolalarni bugungi yorug‘ va osoyishta kunlarning, istiqlolimizning, hur va ozod kunlarimizning qadriga yetishga undaydi.   

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jadidlar. So‘nggi kunlar” nomli tarixiy drama namoyish etildi