Bugungi kunda jadidlar haqida to‘laqonli, to‘kis ma’lumot beruvchi manbalar, badiiy asarlarga har qachongidan ham ehtiyoj katta. Taniqli jurnalist, adabiyotshunos olim, publitsist, shoir va adib To‘lqin Eshbekning “Jadidlar javhari” deb nomlangan kitobi bu borada o‘ziga xos manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Poytaxtimizdagi “Turon” axborot” kutubxona markazida ushbu kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.   

Taqdimot tadbirida ustoz jurnalistlar Xurshid Do‘stmuhammad, Sharofiddin To‘laganov va boshqalar mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” yurtimiz yozuvchi va shoirlarining eng yangi asarlari bilan tanishish, ularning ijodini har tomonlama va chuqur o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.   

–  “Jadid” tushunchasi kecha yo bugun birdan paydo bo‘lib qolgan emas, – dedi adabiyotshunos olim Suvon Meli. – Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”  asari o‘z davrida Renessans yasagan muhim manbalardir biridir. “Jadidlar javhari” deb nomlangan kitobda To‘lqin Eshbekning jadidchilik harakatiga keng qamrovda yondashgani diqqatga sazovordir. Masalan, ko‘pchilik Abdulla Qodiriyning “Obid ketmon” asarini qissa, deb biladi. Lekin bu asarning roman janriga mansub ekanini To‘lqin Eshbek o‘z kitobida to‘laqonli ochib bergan. Ehtimolki, bugun jadidlar haqida faqat maqtov gaplarni so‘zlash unchalik ham to‘g‘ri  yondashuv emasdir. Shu ma’noda To‘lqin Eshbekning yangi kitobi jadidlar mavzusiga keng qamrovli, xolis yondashgani bilan ahamiyatlidir.   

–  Behbudiy xorijga chiqib kelganidan keyin  bu o‘lkaning naqadar zalolat, bid’at, xurofotga botib qolganini yanada teranroq anglaydi, bunga o‘zi guvoh bo‘ladi, – dedi taniqli telejurnalist Quddus A’zam. –   Bundan yuz yillar avval taraqqiyparvar bobolarimiz yurt taqdiri uchun juda qattiq jon kuydirgan. Ular millat oydinlari sifatida qirib tashlangan. Negaki, jadidlar istilochilik tuzumiga qarshi edi. Shundan so‘ng millatimiz qaramlik rutubatiga mahkum bo‘ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari uchun cheksiz imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Zero, bilimsiz millat hech qachon boy bo‘lmaydi, taraqqiyotga erishmaydi. To‘lqin Eshbekning yangi kitobida bu jihatlar yuksak badiiy talqinda ochib berilgani bilan e’tiborlidir.   

Ma’lumot uchun, To‘lqin Eshbek 1963 yil 1 iyun kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1985 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan.   

2006 yildan buyon Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU jurnalistika fakulteti pedagogik jamoasi tarkibida samarali mehnat qilib kelmoqda.  To‘lqin Eshbekning “Tahririyat ishini tashkil etish” (2001), “OAVda reklama san’ati” (2003), “Axborot xizmati: ishlash usullari va tamoyillari” (2009), “Mafkura maydonida axborot-psixologik xavfsizlik” (2011), “Axborot-psixologik xavfsizlik: nazariya va amaliyot” (2013) o‘quv qo‘llanmalari, hammualliflikda “Jahon jurnalistikasi tarixi” (2008), “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” (2013) darsliklari va “Jurnalistika, ma’naviyat, jamiyat” (2010) risolasi chop etilgan. U “Jigarbandlar” (1992), “Shabada esgan kun” (1993), “Qishloqlik bola qissasi” (1994), “Jaydari hangomalar” (1996), “Adashgan qiz qismati” (2000), “Hayot karvonlari” (2005) nasriy to‘plamlari muallifi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. Adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati (1993), jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori (2008) bo‘lgan. 

Taqdimot tadbirida ijodkorning yangi kitobi haqida batafsil so‘z yuritildi.  

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jadidlar javhari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi