Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 2 ta sport maktabi, 204 ta ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabul qilindi.

AOKAda tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokidagi brifingda joriy yilgi qabul yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Mutaxassisga ko‘ra, Agentlikda o‘quvchilar qabuli jarayoni monitoringini yuritish hamda muvofiqlashtirish uchun malakali mutaxassislardan iborat shtab tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, o‘quvchilarning hujjatlarini onlayn shaklda qabul qilish, shuningdek, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun Agentlik tizimidagi barcha maktablarda har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydigan Murojaatlar markazi tashkil etildi. Murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qolaversa, bu yildan boshlab doimiy ravishda murojaatchilarning savollariga javob berish uchun maxsus telegram chatbot ham ishga tushirildi.

Bugungi kunga qadar 1206 qisqa raqam orqali call-markazga 82 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Shuningdek, telegram bot orqali 25 mingdan ortiq savolga javob berildi. Agentlik tizimidagi maktablarda tashkil etilgan Murojaatlar markazi orqali hujjatlar qabuli davrida 100 ming nafardan ortiq talabgorga amaliy yordam berildi.

Ushbu 2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz  yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshirildi.

Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 336 nafar, ijod maktablarining 7-sinfiga 440 nafar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga 13 mingdan ortiq o‘quvchi qabul qilinadi. Zaruratga ko‘ra mazkur qabul kvotalariga Agentlik tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida hududidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga alohida hujjat topshirdi. 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar esa hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tabiiy fanlar yo‘nalishiga, Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek yoki Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfiga ham alohida hujjat topshirdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki,  Agentlik tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari iyul hamda avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Imtihon bo‘ladigan kun, manzil va vaqtlari haqida Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon berib boriladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi zaruratga ko‘ra tizimidagi o‘quv muassasalari qabul kvotasiga o‘zgartish kiritishi mumkin