–Izlanib, aniq natijaga erishayotgan olimlarimizning asosiy qismini professor-o‘qituvchilar tashkil etayotgani menga mamnuniyat bag‘ishlaydi,– dedi Prezident.

Misol uchun, Irrigatsiya universiteti o‘qituvchisi E’zozbek Ozodov ixtiro qilgan “Yaroqsiz suvlarni tozalash raqamli uskunasi” mavjud analoglaridan 25 foiz samarali ishlashi xalqaro darajada tan olindi. Hozirda bu uskunaga AQSHning yirik korxonalaridan ko‘plab buyurtmalar olingan.  

Yoki Transport universiteti professori Ziyoda Odilova lokomotivlar uchun dizel generatori va elektr tortish motoridan iborat gibrid tizimni ixtiro qildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” loyihani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.  

–Ko‘rib turibsiz, oliygohdagi olimlarda iqtisodiyotimizni rivojlantiradigan zo‘r-zo‘r ilmiy ishlanmalar, loyihalar bor.  

Shuning uchun, ilm-fan va biznes vakillarini bir-biri bilan uchrashtirib, manfaatli hamkorlikda ishlaydigan tizim qilamiz. Bundan ilm ham, biznes ham yutadi.  

Shu bois, ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratamiz, – dedi davlatimiz rahbari.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtirolarning tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi