Italiya muxolifat partiyasi – “Besh yulduz” harakati (M5S) deputatlari parlament quyi palatasi – Deputatlar palatasi sessiyasiga Falastin bayrog‘idagi qizil, qora, yashil va oq rangli kiyimda keldi. Bu haqda “Anadolu” yozgan.

M5S deputatlari Falastin bayrog‘i ranglari tizimi shakllantirilgan holda, palatadagi o‘rindiqlarini egallab, Falastin bayrog‘i inson huquqi va erkinligi uchun kurashning umumuiy ramziga aylanganidan ogoh qilishga urinishdi. Sessiya davomida M5S vakili Rikkardo Richchardi hukumatga “Nega deyarli butun dunyo Falastin davlatini tan oladi-yu, lekin Italiya tan olmaydi?” degan savolni berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, noiblar musodara qilinishidan qo‘rqib, atay o‘zlari bilan bayroq olib kelishdan tiyilgan. Ularning kiyimidagi ranglar nafaqat Falastin bayrog‘i, balki adolat, inson huquqi uchun xalqaro miqyosdagi kurash ramzi ekani ta’kidlangan. Richchardi Italiya hukumatini harakatsizlik va loqaydlikda aybladi:

– Siz aybdorsiz. Haqiqatni bilsangiz-da, jim turasiz. Butun bir xalq qirg‘in qilinayotganda yuz o‘girasiz. Qo‘llari qonga botgan Isroil Bosh vaziri bilan qo‘l berib ko‘rishasiz.

Qayd etilishicha, Isroilni iqtisodiy va siyosiy nuqtai nazardan qo‘llab-quvvatlash jinoyatga bevosita sheriklikdir.

“Besh yulduz” harakati rahbari Juzeppe Konte ijtimoiy tarmoq orqali deputatlar suratini chop etdi va Italiyani ushbu mojaroda “o‘ng tomon”ning yonini olishga chaqirdi:

– Biz 60 000 odam, jumladan 18 000 bola halok bo‘lgan, xalqni ochlik yo‘li bilan yo‘q qilishga qaratilgan bu genotsidga qarshi turish zarurligi haqida gapirishda davom etamiz, – dedi Konte. – M5S a’zolari Falastin xalqining yashash huquqini himoya qilish tarafdori. Bugun bu bayroqni osmayapmiz, chunki olib qo‘yishlari mumkin. Binobarin, tug‘ni tanamizga taqamiz, chunki bu endi oddiy Falastin bayrog‘i emas, balki insoniyat uchun kurashning umumbashariy ramzi.

Italiyalik deputatlarning ayni harakati jamoatchilikda turli munosabat uyg‘otdi. Ijtimoiytarmoqda juda ko‘pchilik M5S deputatlarining Falastin bayrog‘i ranglarida kiyingan surat va videolarini faol ravishda baham ko‘rib, shu tariqa Falastin xalqi bilan birdamlikni ifodaladilar.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada muxolif deputatlar parlamentga Falastin bayrog‘i rangida kiyinib keldi