Kecha So‘l partiya deputati Sansin Ko‘kturk “Falastin” yozuvi tushirilgan kiyimda kelgani uchun Germaniya parlamenti yalpi majlisidan chiqarib yuborildi. Bu qaror parlament rahbariyatining siyosiy bayonoti sifatida baholandi.
Bundestag prezidenti Yuliya Klokner deputatlarga palatada kiyim yordamida siyosiy qarashni ifodalashga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi, deb yozgan "Euronews".
Ko‘kturk parlamentda birinchi marta e’tiborni tortayotgani yo‘q. Deputat sifatidagi ilk kunidayoq u Bundestagda falastinliklarga xos sharf kiygan holda paydo bo‘lgan. Keyinchalik noib voqeaga shunday izoh bergan:
– GFR Isroilga qurol yetkazib berishda davom etyapti. 50 000 dan ko‘p qurbon va jabrdiyda bolalar haqida bir og‘iz so‘z ham yo‘q. Klokner xonim mendan yig‘ilish joyini tark etishimni so‘radi, chunki ko‘ylagimda “Falastin” yozuvi bor edi. Aslida, hammangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragansiz.
Bundestagda kiyinish bo‘yicha tegishli tartib bo‘lmasa-da, qoida deputatlar “obro‘siga mos” kiyinishini taqozo etadi. Standart bajarilishini nazorat qilish sessiya raisining ixtiyorida.
Musulmon Ziyo, O‘zA