So‘nggi yillarda Prezidentimiz va hukumatimizning innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishga qaratilgan qator me’yoriy hujjatlar qabul qilinganligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati uchun ham juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

2018 yilda kombinat tasarrufida tashkil etilgan Yangi texnologiyalarni joriy etish innovatsion markazi qisqa davr mobaynida yaxshi natijalarga erishmoqda.  

Xo‘sh, bugungi kunda kombinat tizimida yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bu haqda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Yangi texnologiyalarni joriy etish innovatsion markazi boshlig‘i, professor Ulug‘bek Sharafutdinov muxbirimizga quyidagilarni gapirib berdi:  

– Korxonamizda hozirgi kunda 8 nafar fan doktori va 18 nafar fan nomzodi faoliyat ko‘rsatyapti. So‘nggi o‘n yilda yuksak ilmiy salohiyatga ega kombinat mutaxassislari tomonidan yaratilgan 37 ta ixtiro patent bilan himoyalandi. Jumladan, 34 tasi O‘zbekiston Respublikasi, 2 tasi Shveysariya va Germaniyadagi Patent kooperatsiya to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha xalqaro patent talabnomasiga muvofiq bajarildi hamda yana biri Rossiyaning Intellektual mulk federal xizmati tomonidan qo‘lga kiritildi.  

Kombinatimiz mutaxassislari konchilik sanoati tarixida ilk bor “Oltin-mishyakli, ishlanishi qiyin bo‘lgan sulfidli rudalaridan oltin ajratish usuli” mavzusidagi ixtirosi uchun 2017 yilda BMT huzuridagi Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Oltin medali” bilan taqdirlandi.  

Prezidentimizning 2022 yilning 12 dekabrida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining bir qator olim, mutaxassislari “Texnologik va ishlanishi murakkab bo‘lgan oltin tarkibli ma’danlarni qayta ishlash va o‘zlashtirishning kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlanmasi uchun fan hamda texnika sohasidagi birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangani tarixiy voqelik bo‘ldi.  

– Kombinat ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga investitsiyalar hajmi, shuningdek, faoliyatga kiritilgan istiqbolli ishlanmalar hamda ratsionalizatorlik takliflari soni bo‘yicha respublikada yetakchi hisoblanadi. Ayni paytda ilmiy va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?  

– Kombinatda “Ratsionalizatorlik faoliyati to‘g‘risida Nizom” ishlab chiqilgan bo‘lib, joylarda tashkil etilgan ratsionalizatorlar va ixtirochilar klublari nizom asosida ish olib boradi.  

“NKMK” AJ bo‘linmalarida ixtirochilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimi, yoshlarning texnik ijodiyotini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, har yili 8 ta yo‘nalish bo‘yicha “Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi” tanlovi o‘tkazib kelinadi. 2018-2023 yillarda kombinat mutaxassislarining 1047 ta ratsionalizatorlik taklifi yuzasidan ijobiy qaror qabul qilinib, ishlab chiqarishga joriy etilgan. Amaliyotga tatbiq etilgan ratsionalizatorlik takliflaridan 538,4 milliard so‘m iqtisodiy samara olingan. Birgina 2023 yildagi 243 ta ratsionalizatorlik taklifidan shu yilning o‘zida 463 milliard so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish kutilmoqda.  

Aniq misollarga tayanadigan bo‘lsak, Markaziy kon boshqarmasidan taqdim etilgan “Ma’danni yuvish maydonchasining yuqori qatlamlarida himoya qatlamini joylashtirish” mavzusidagi taklifdan erishilgan iqtisodiy samaradorlik 15,7 milliard so‘mni, 1-gidrometallurgiya zavodidan taqdim etilgan “Qoraqo‘ton” konining ishlanishi qiyin bo‘lgan ma’danlarini qayta ishlash texnologik sxemasini takomillashtirish” mavzusidagi ratsionalizatorlik taklifidan olingan iqtisodiy samaradorlik 8,7 milliard so‘mni tashkil etgani fikrimizni tasdiqlaydi.    

– Bugungi kunda kombinat tizimida ochiqlik va konstruktiv hamkorlik samarasi nimalarda ko‘zga tashlanmoqda?  

– Innovatsion markazda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha “Ratsionalizatorlik faoliyati portali” rukni ostida yagona ma’lumotlar bazasi yaratildi. Kombinatning har bir ishchi-xodimi xohlagan paytda barcha ratsionalizatorlik takliflar, ratsionalizatorlik faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar, “Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi” tanlovi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, markazimizda har chorakda nashr etib borilayotgan “O‘zbekiston konchilik xabarnomasi” ilmiy-texnik jurnalida respublikamizdagi kon-metallurgiya yo‘nalishidagi ilmiy maqolalar va yangiliklar keng yoritib boriladi.  

Markazda har yili ishlab chiqarishda yechilishi kerak bo‘lgan muammolar “NKMKni Innovatsion rivojlantirish dasturi”ga kiritib boriladi. Mamlakatimizdagi qator nufuzli ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Habib Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar ilmiy-tekshirish instituti, “O’zGEORANGMETLITI” korxonasi va Rossiyaning qator oliy ta’lim, ilmiy-tekshirish institutlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, dasturga kiritilgan muammolar o‘z yechimini topib kelmoqda.  

Innovatsion markaz tarkibidagi “Texnik kutubxona” kombinat ishchi-xodimlarini muntazam ravishda texnik adabiyotlarga va bilimlarga bo‘lgan talabini qondirib keladi. Sohaga oid barcha kitob va jurnallarning elektron shakli elektron kutubxonada joylashtirilgan bo‘lib, ishchi-xodimlar ish joylarida turib kerakli bo‘lgan adabiyotlardan foydalanish, bilim darajalarini boyitib borish imkoniyati yaratilgan.  

Albatta, innovatorlar jamiyatning ijtimoiy faol bo‘g‘ini sifatida iqtisodiy jarayonlarning dinamikasini belgilaydi. Kombinat rahbariyatining ularni yangiliklar yaratish yo‘lida doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani esa kon-metallurgiya sohasining yil sayin rivojlanib borishiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilyapti.  

O‘zA muxbiri Abduvali Bo‘riyev suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli ishlanmalar va ratsionalizatorlik takliflari iqtisodiy foyda keltirmoqda