Isteʼmolçilar huquqlari himoya qilinmoqda
Yurtimizda isteʼmolçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning murojaatlariga öz vaqtida munosabat bildiriş hamda mavjud muammolarni ijobiy hal etiş borasida tizimli işlar olib borilmoqda.
Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining 1091 işonç telefoni orqali Karmana tumani Qahramon mahallasida yaşovçi A.Z. murojaat qildi.
Fuqaro murojaatida xonadoniga örnatilgan gaz hisoblagiç işlamay qolganligini, uşbu muammoni bartaraf etiş maqsadida tuman gaz taʼminoti bölimiga bir neça bor murojaat qilgan bölsa-da, murojaatiga eʼtibor qaratilmayotganini bildirgan.
Mazkur murojaat Karmana tumani isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati xodimlari tomonidan nazoratga olinib, tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda amaliy çoralar körildi.
Jamiyatning aralaşuvi natijasida fuqaroning xonadonidagi gaz hisoblagiçga servis xizmati körsatilib, soz holatga keltirib berildi.

Navbahor tumanida ham isteʼmolçi murojaati ijobiy hal etildi.
Qiziloy mahallasida yaşovçi D.S. tuman markazidagi savdo dökonidan 2 million sömga sotib olgan “Ariston” maişiy texnikasi nosoz çiqqanidan norozi bölib, Navbahor tuman isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga yozma murojaat qildi.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan tegişli tartibda körib çiqilib, nosoz maişiy texnika uçun tölangan pul mablaği töliq qaytarib olib berildi.
Navbahor tumani isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga Oq oltin MFY, Oq oltin qişloği, 141-xonadonda yaşovçi fuqaro V.N tomonidan yöllangan murojaatga ham ijobiy yeçim topildi.

Isteʼmolçining maʼlum qilişiça, özini gaz taʼminoti xodimi deb taniştirgan şaxs undan texnik körik ötkaziş bahonasida 171 ming söm pul undirgan. Biroq, amalda heç qanday texnik körik işlari bajarilmagan.
Murojaatni örganiş davomida pulni undirgan şaxs aslida “Energo dight” MÇJ xodimi ekanligi maʼlum böldi. Holat yuzasidan tegişli işlar olib borilib, noqonuniy ravişda undirilgan mablağ töliq qaytarildi.
Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş borasida har bir murojaat eʼtiborda. Fuqarolar öz huquqlarini bilişlari, şubhali tölovlar yoki noqonuniy pul undiriş holatlariga duç kelganda tegişli taşkilotlarga murojaat qilişlari lozim.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri