Isteʼdod, işonç va imkoniyatlar maydoni
Har bir bolaning öziga xos qobiliyati, orzu-intilişlari va isteʼdodi bor. Muhimi, ularni öz vaqtida kaşf etiş, qöllab-quvvatlaş hamda ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş uçun zarur şaroit va teng imkoniyatlar yaratişdir.
Termiz şahridagi 26-umumtaʼlim maktabida “Men ham şu Vatanning bunyodkoriman” şiori ostida ötkazilgan “Sen isteʼdodlisan” tanlovining Surxondaryo viloyati bosqiçi ana şu ezgu maqsadga xizmat qildi.
Alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalar örtasida taşkil etilgan ijodiy bellaşuvda viloyatning turli hududlaridan kelgan 40 nafar öquvçi iştirok etdi. Ular sanʼatning turli yönalişlarida öz iqtidor va mahoratini namoyon qildi.
Tanlov davomida iştirokçilarning ijodiy işlari va sahna çiqişlari mutaxassislar tomonidan baholandi. Bunda ijro mahorati, sahna madaniyati, badiiy ifoda va ijodiy yondaşuv kabi mezonlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Yakuniy natijalarga köra, estrada-vokal va anʼanaviy ijroçilik yönalişida Qiziriq tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabi öquvçilari Şamşodbek Qözimurodov va Suhrobbek Bozorov ğolib deb topildi.
Tasviriy sanʼat yönalişida esa Şerobod tumanidagi 56-umumtaʼlim maktabi öquvçilari Muxlisa Iskandarova va Jasmina Akramova birinçi örinni egalladi.
Ğoliblar hamda tanlovda faol iştirok etgan öquvçilar taşkilotçilar tomonidan taşakkurnoma va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Şuningdek, ğoliblar tanlovning respublika bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Tadbirda pedagog va mutaxassislar alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş, ularni sanʼatga keng jalb etiş hamda isteʼdodini muntazam qöllab-quvvatlaş muhimligini taʼkidladi.
[gallery-32399]
“Sen isteʼdodlisan” tanlovi öquvçilarning öz qobiliyatlarini namoyon etişi, öziga bölgan işonçini mustahkamlaşi, ijodiy izlanişlarini davom ettirişi va jamiyat hayotida faol iştirok etişga intilişini rağbatlantirişga xizmat qildi.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA