Alohida ehtiyojli bolalar uçun nodavlat taʼlimga subsidiya beriladi
Har bir bola sifatli taʼlim olişga haqli. Ayniqsa, imkoniyati çeklangan yoki alohida eʼtiborga muhtoj bolalarga köproq ğamxörlik zarur. Davlatimiz tomonidan uşbu masalaga jiddiy yondaşilib, muhim hujjat tasdiqlandi.
Hukumatning 2026-yil 12-noyabrdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan “Alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalarga nodavlat taʼlim taşkilotlari tomonidan korreksion sinf taşkil etgan holda umumiy örta taʼlim xizmatlarini körsatiş xarajatlarini subsidiyalaş tartibi töğrisida”ni nizomga köra, nodavlat taʼlim taşkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun maxsus korreksion sinflar taşkil etganlarga subsidiya beriladi.
Nodavlat taʼlim taşkiloti korreksion sinf taşkil etiş maqsadida bitim tuziş uçun umumiy örta taʼlim xizmatlari körsatiladigan hududdagi hududiy boşqarmaga “YAMIH” AT orqali belgilangan maʼlumotlarni körsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Arizani körib çiqiş yakuni böyiça hududiy boşqarma tomonidan 1 iş kuni içida:
– bitim tuzişni rad etiş asoslari aniqlanmagan taqdirda, axborot modulida bitim tuziş maqsadga muvofiqligi töğrisida xulosa rasmiylaştiriladi va bitim imzolanadi.
Nodavlat taʼlim taşkilotining har bir korreksion sinfidagi öquvçilar soni 12 nafardan oşmasligi lozim.
Korreksion sinfda taʼlim oladigan har bir bola uçun töliq bir oyda quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
– Toşkent şahrida BHMning 11 baravari;
– viloyatlar markazi va Nukus şahrida BHMning 9,5 baravari;
– boşqa tuman (şahar)larda BHMning 8,5 baravari miqdorida.
ÖzA