Mazkur ariza va shikoyatlarning 5564 tasi yaʼni, 92,9 % ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 10 541 194 603 soʻm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2020-yilning 3-choragida fuqaro isteʼmolchilardan jami 5989 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 3567 tasi ogʻzaki, 1267 tasi yozma, 1155 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, isteʼmolchilardan tushgan 21 ta murojaat asosida isteʼmolchilarning manfaatlarini koʻzlab sud organlariga daʼvo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 326 312 875 soʻm moddiy va maʼnaviy zararlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Bundan tashqari, Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, isteʼmolchilardan tushgan jami 58 ta murojaat yuzasidan ularning qonuniy manfaatlarini koʻzlab, nazorat organlariga tegishli murojaatlar yoʻllanib, ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga 27 965 000 soʻm mablagʻ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.

2020-yilning 3-choragi davomida Federatsiya va uning hududiy boʻlinmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning 2169 tasi (36,2%) savdo sohasiga, 440 tasi (7,3%) gaz taʼminoti sohasiga, 597 tasi (10%) elektr taʼminoti sohasiga, 298 tasi (5%) suv taʼminoti sohasiga, 234 tasi (3,9%) kommunal xizmat sohasiga, 75 tasi (1,3%) sogʻliqni saqlash sohasiga, 280 tasi (4,7%) xizmat koʻrsatish (servis) sohasiga, 90 tasi (1,5%) transport sohasiga, 268 tasi (4,5%) aloqa (va internet) sohasiga, 762 tasi (12,7%) esa boshqa sohalarga toʻgʻri kelishini koʻrishimiz mumkin.

Federatsiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga fuqarolar tomonidan hisobot davrida jami 2229 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib ushbu murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi natijasida 2073 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi.

Mazkur ijobiy hal qilingan murojaatlar natijasida 4 154 173 180 soʻm mablagʻ isteʼmolchilar foydasiga undirilgan.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isteʼmolchilar foydasiga 10,5 millirad soʻmdan koʻproq mablagʻ qaytarildi
Жамият
11:03 / 26:10:2020