Isroil Livanga yana zarba berdi
Isroil armiyasi yakshanba kuni ertalab Livan janubiga zarba berishni boshlaganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ushbu hujum “Hizbulloh” guruhi tomonidan Isroil xavfsizlik kuchlariga qarata ikkita dron uchirilganiga javoban amalga oshirilgan.
Hujumdan avval Isroil harbiylari Livan janubidagi Arab-Salim shaharchasida joylashgan va “Hizbulloh” tomonidan foydalanilayotgani aytilgan bino atrofidagi aholini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirgan.
Mazkur guruh hozircha yetkazilgan zarbalarga hech qanday munosabat bildirmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 2-martdan beri Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlar oqibatida Livanda 4 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA