O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi yakunlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlari g‘oliblari bahslashdi.

Ishtirokchilarning Birinchi Prezidentimiz asarlariga doir ijodiy ishi, mamlakatimiz Konstitutsiyasi, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealar bo‘yicha bilimi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Navoiy shahridagi 11-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Aziza Botirova birinchi o‘rinni egalladi.

– Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlarida milliy g‘oya va mafkuramizning asosiy tamoyillari, mamlakatimiz ravnaqi va yoshlar kelajagi borasida konseptual fikrlar jamlangan, – deydi Azizaning o‘qituvchisi Shoira Salohiddinova. – Asarlarning umumta’lim maktablaridanoq o‘rganilayotganligi o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

G‘olib va sovrindorlar Xalq ta’limi vazirligining sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islom Karimov asarlari bilimdoni aniqlandi