Irlandiyalik olimlar Ibn Sino kitobining irlandcha tarjimasini topdi
Irlandiyalik olimlar Ibn Sinoning tibbiy ta’limoti bitilgan kitobning 16-asrga tegishli irlandcha tarjimasini topdi.
Irlandiyalik olimlar Ibn Sinoning tibbiy ta’limoti bitilgan kitobning 16-asrga tegishli irlandcha tarjimasini topdi. Bu haqda Korka kolleji saytida ma’lumot berilgan.
Ta’kidlanishicha, zamonaviy irland tili mutaxassisi Podreg O Maxan 1530 yilda Londonda chop etilgan kitobni tadqiq etayotib professor eski sahifani topib olgan va u tibbiyotga oid ekanini taxmin qilib, keyin uning “Tib qonunlari”dan parchalar ekaniga aniqlik kiritgan.