Ibn Sino merosi izidan: Hindistonga ilmiy ekspeditsiya uyuştirildi
Mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini örganişga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2026-yil 16-fevraldagi tegişli farmonida Abu Ali ibn Sino qölyozmalarini dunyo fondlaridan izlab topiş va örganiş vazifasi belgilangan edi.
Şu maqsadda Ibn Sino jamoat fondi taşabbusi bilan Hindistonga birinçi xalqaro ilmiy ekspeditsiya taşkil etildi. Uşbu safar tegişli vazirlik va idoralarimiz hamda hindistonlik hamkorlar kömagida amalga oşirilmoqda. Ekspeditsiya joriy yilning 9-15-noyabr kunlari Nyu-Dehli, Ğoziobod va Aligarh şaharlarida bölib ötadi.
Olimlarimiz Hindiston fondlarida saqlanayotgan nodir asarlarni örganişni maqsad qilgan. Maʼlumki, Patna şahridagi kutubxonada Ibn Sinoga tegişli yettita asar borligi aniqlangan.
Eng muhimi, ekspeditsiya aʼzolari hali heç qanday röyxatga kiritilmagan 109 ta yangi qölyozmani örganişni maqsad qilgan. Bu topilmalar Ibn Sino merosini tadqiq etişda muhim ahamiyatga ega.
Umuman olganda, jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan. Manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozgani, şundan 240 ga yaqini bizgaça yetib kelgani qayd etiladi. Ularning asosiy qismi falsafa va tabobatga bağişlangan.
Safarning birinçi kunida Özbekistonning Hindistondagi elçixonasida ilmiy konferensiya ötkazildi.

Ibn Sino jamoat fondi raisi Nozimxon Mahmudov 2030-yilda alloma tavalludining 1050-yilligi keng nişonlanişini maʼlum qildi. Şuningdek, “Ibn Sino brendi”ni yaratiş, xalqaro mukofot taʼsis etiş va markaz taşkil qiliş kabi muhim takliflarni ilgari surdi.
Hindistondagi Ibn Sino akademiyasi prezidenti, professor Hakim Syed Zillur Rehman taʼkidlaşiça, “Tib qonunlari” asari va undagi tavsiyalar ming yil ötsa hamki, öz dolzarbligini yöqotmagan.
Tadbir doirasida Özbekistondagi Ibn Sino jamoat fondi hamda Aligarh şahridagi Ibn Sino akademiyasi örtasida memorandum imzolandi. Maʼlumot örnida aytiş kerakki, uşbu akademiya kutubxonasida tabobat va farmakologiyaga oid 1500 dan ortiq nodir qölyozmalar saqlanadi.
Hindistonga ilmiy ekspeditsiya davom etmoqda.
ÖzA