«Inter» yarim himoyachisi Kot-d'Ivuar fuqaroligini oldi
FIFA Milanning «Inter» klubi futbolchisiga o‘z futbol fuqaroligini o‘zgartirishga rasman ruxsat berdi.
Yarim himoyachi Anj-Yoan Bonni Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi. FIFA Milanning «Inter» klubi futbolchisiga o‘z futbol fuqaroligini o‘zgartirishga rasman ruxsat berdi.
Endilikda ivuarliklar ustozi Emers Faye yakunlanayotgan mavsumda «nerradzurrilar» safida o‘zini ko‘rsata olgan iqtidorli futbolchining xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Kutilishicha, u iyun oyi boshida, jahon chempionati arafasida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlarida Kot-d'Ivuar safida debyut qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kot-d'Ivuar terma jamoasi mundialning «E» guruhida Ekvador, Kyurasao va Germaniya jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ivuarliklar o‘zlarining ilk uchrashuvini 15-iyun kuni o‘tkazishadi.