Lyuka Shevalye jahon chempionatida Fransiya terma jamoasiga yordam berishga tayyor
Lyuka mavsum davomida rossiyalik darvozabon Matvey Safonovga raqobatda yutqazgan va jamoaning ikkinchi posboniga aylangan edi.
PSJ klubi posboni Lyuka Shevalye jarohatlardan tiklanyapti va mundialga borishga tayyorlanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Shevalyening holati ancha yaxshilangan. Katta ehtimol bilan Amerika-qit’asida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Fransiya terma jamoasiga yordam bera oladi. Futbolchi bir necha hafta avval PSJ mashg‘ulotlarida jarohat olgan edi. Uning tiklanishi uchun biroz muddat kerak bo‘ladi ammo mundial startigacha safga qaytadi. Lyuka mavsum davomida rossiyalik darvozabon Matvey Safonovga raqobatda yutqazgan va jamoaning ikkinchi posboniga aylangan edi. Shevalye joriy mavsumda parijliklar safida umumiy 28ta uchrashuvda maydonga tushdi va 28ta gol o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya mundialning guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.