Uyqu – inson salomatligining ajralmas qismi bo‘lib, jismoniy va ruhiy tiklanish, immunitetni mustahkamlash hamda aqliy faoliyatni me’yorida ushlab turishda hal qiluvchi omil sanaladi.

Biroq, hozirgi davr insonlari tobora ko‘proq uyqusizlik, ya’ni fan tilida “Insomniya” yoki to‘yib dam ololmaslik muammolariga duch kelmoqda. 

Uyqusizlik – bu shunday holatki, inson yetarli sharoit bo‘lishiga qaramasdan, uyquga ketishda yoki uyquni davom ettirishda qiynaladi. Ushbu holat ba’zi hollarda qisqa muddatli ba’zan esa surunkali davom etishi mumkin. Bu esa hayot sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Uyquning yomonlashuviga esa stress, ishdagi bosim, moliyaviy muammolar yoki shaxsiy hayotdagi ziddiyatlar sabab bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri uyqu rejimi – kechasi kech uxlab, ertalab kech uyg‘onish uyqu gormoni melatonin ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, eng samarali uyqu vaqti soat 22:00 dan 4:00 gacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu 6 soat ichida tanamiz o‘zini tiklab, gormonal tizimi to‘liq ishlashga kirishadi. Masalan, melatonin, o‘sish gormoni va boshqa hayotiy gormonlar aynan shu soatlar ichida ishlab chiqariladi. Bu vaqt davomidagi uyqu chuqur bo‘lib, tana va miyani to‘liq tiklash jarayoni amalga oshadi. Qolaversa, jigar, immun tizimi va boshqa organlar faol tiklanadi.

Uyqu vaqtini tartibga solmagan, ya’ni kech uyquga yotadigan yoki uyg‘onadigan insonlarda gormonal tizim buzilishlari keng tarqalgan. Bu esa, metabolizmning sekinlashuvi, immunitet pasayishi, stress va charchoqqa moyillik, ruhiy holatning buzilishi, surunkali kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Uyqusizlik yoki noto‘g‘ri uyqu tartibi zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan, ammo e’tiborga olinmasa, jiddiy sog‘liq muammolariga olib keluvchi holatdir. Har qanday uyqusizlik alomatlari yuzaga kelganda, ularni vaqtida aniqlab, sababini tushunish va mos ravishda chora ko‘rish zarur. Bu muammo nafaqat tibbiy, balki psixologik yondashuvni ham talab qiladi.

Sifatli uyqu – sog‘lom hayot va yuqori unumdorlik kaliti. 22:00 dan 4:00 gacha bo‘lgan uyqu davri tananing gormonal tizimi uchun eng muhim va samarali vaqt hisoblanadi. Ushbu vaqt oralig‘ida uyqu rejimini to‘liq va muntazam amalga oshirish inson organizmida gormonal muvozanatni saqlab, kun davomida yuqori energiya va faoliyatni ta’minlaydi. Shuning uchun, sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida uyqu rejimiga katta e’tibor berish zarur.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson organizmi uchun ideal uyqu vaqti