O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami oldidan ish boshlagan Markaz ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov va boshqalar tomonidan mamlakatimizning yangi tahrirdagi Bosh qomusi 1- moddasida “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” deb belgilanganligi, ana shundan kelib chiqib, ijtimoiy masalalar, xususan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy himoya borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Farmon ijrosi doirasida turli vazirliklar tarkibida tarqoq faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xizmatlar birlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, Agentlikning viloyat boshqarmalari, tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

Jumladan, Andijon shahri markazida joylashgan zamonaviy, barcha qulaylikka ega yangi binoda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi o‘z faoliyatini boshladi. 

[gallery-14954]

– Markazimizda jismoniy imkoniyati cheklangan hamda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan aholiga individual yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatiladi, – deydi markaz direktori Shohruxbek Nabiyev. – Faoliyatimiz bevosita mahalla bilan bog‘liq bo‘ladi. Mahalladagi mavjud “beshlik”ka ijtimoiy xizmatlar xodimlarining ham qo‘shilishi, albatta, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini to‘la qamrab olish, sifatli va professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish orqali ularning og‘irini yengil qilish, muammolarini hal etishga yaqindan yordam beradi. 

Markaz orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam yagona tizimga jamlanadi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar yagona dastur doirasida muvofiqlashtiriladi, fuqarolarga bir joyda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etiladi, asosiysi, imkoniyati cheklangan fuqarolarning jamiyatdan ajralib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Markaz eng zamonaviy jihozlar, texnik vositalar bilan ta’minlangan. Xodimlarning samarali faoliyat yuritishi hamda aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Ayni kunda markazda 28 turdagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, markazda psixolog xizmati, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati ham yo‘lgan qo‘yilgan. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ish boshladi