Ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, uning samaradorligini oshirish hamda aholining ko‘makka muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani sir emas.
Xususan, yil boshidan shu kungacha Toshkent viloyati bo‘yicha faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga jami 470 nafar fuqarolardan ijtimoiy-huquqiy xizmatlar ko‘rsatish masalasida murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyatini kam ta’minlangan shaxs (oila)lar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari, nogironligi bo‘lgan shaxslardan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj insonlar yuborgan.
[gallery-21938]
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida huquqiy masalalarda ekspert maslahatchi lavozimi joriy etilgan bo‘lib, ular tomonidan aholining ko‘plab murojaatlari ijodiy hal etilmoqda. Bo‘ka tumani “Ezgulik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 2-guruh nogironi Vali Akbarov yashash joyining kadastr hujjati bilan bog‘liq kamchiliklar yuzasidan tuman kadastr agentligi xodimlari tomonidan noqonuniy yerga qurilish qilganlik vaji bilan 51 million so‘m jarima qo‘llanilgani yuzasidan murojaat qilgan. Mazkur murojaatni mahalladagi ijtimoiy xodim markaz huquqiy maslahatchisiga yo‘naltirgandan so‘ng kerakli hujjatlar tayyorlanib, sudiga da’vo arizasi kiritildi. Huquqiy maslahatchi ko‘magi bilan V.Akbarovga nisbatan qo‘llanilgan 50 baravar miqdordagi jarima kamaytirildi.
Ta’kidlash lozim, Bo‘ka tumani “Inson” Ijtimoiy xizmatlar markazi yuristi Po‘lat Abdazov tomonidan joriy yil boshidan hozirgacha 56 nafar fuqaroning murojaati qabul qilingan. Ularning 44 nafariga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qolgani fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-l-zWXBbS-I" title="“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi fuqarolarga yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Musayev, A.Alijonov, O‘zA. (surat + video)