Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bunda aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishning yangi tizimi joriy qilindi. Boshqacha aytganda, og‘ir ahvolga tushib qolgan yoki o‘zgalar madadiga muhtoj, qiyin sharoitda yashayotgan fuqarolar va oilalarga mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Ular tomonidan mahallaning o‘zida yangi yildan jami 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam, ijtimoiy xizmatlar, bandlik, subsidiya, kredit bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilib, hal etish tizimi shakllanmoqda. 

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini ishlab chiqish, fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berish, talabgorlarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish yoki bekor qilish kabi ijtimoiy xizmat va yordamlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari zimmasiga yuklandi. 

Kundalik turmushda duch kelish mumkin bo‘lgan holat: fuqaro yoki oila og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, tazyiq va zo‘ravonlikni boshidan o‘tkazgan, muxtasar aytganda, hayotdan umidi so‘ngan. Xo‘sh, shunday vaziyatda ijtimoiy xizmat xodimi qanday yo‘l tutadi? 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining 71-sonli buyrug‘ida ijtimoiy xizmat xodimiga “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahallada kompleks ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish yoki bevosita ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun lavozimga tayinlangan shaxs” deb ta’rif berilgan. Oramizda shundaylar bor, ular bir chimdim mehrga, e’tiborga muhtoj. Kuni bo‘yi eshikka ko‘z tikib, kimdir kelarmikan, deya intiqib, to‘shakka mixlanib qolganlar ham mahalla va qishloqlarimizda yetarlicha uchraydi. Zarur paytda bundaylarga yelka tutish, ular og‘irini yengil, mushkulini oson qilish ham ijtimoiy xizmat mas’ul xodimining kasb malakasi, bilim mahoratiga bog‘liq jarayon, albatta. 

–Darg‘ali va Darg‘abog‘i mahallalarida faoliyat yuritaman, –deydi ijtimoiy xizmat xodimi Murodjon Fayzullayev. –Hududda 1600 tadan ortiq oilani o‘rganib, ular bilan ish olib bormoqdaman. Har bir xonadonga kirish, ularning tashvish-muammolarini o‘rganish, hamkorlar bilan birga masalasini o‘z joyida yechish oson ish emas. Shunga qaramasdan, kasbim psixolog bo‘lganligi menga qo‘l kelmoqda. Avvalo, fuqaro ruhiyatini o‘rganmasdan turib, u bilan muloqotga kirishish qiyin. Men ham kasb nuqtai nazaridan, kimningdir tashvishini astoydil yengillatish harakatidaman. 

–Shu o‘rinda ba’zi ma’lumotlarga to‘xtalsak, tumanda mavjud 50 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga Murodjon Fayzullayevga o‘xshagan 26 nafar ijtimoiy xizmat xodimi biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan ayni kunda 45 mingdan ziyod oilaning ijtimoiy ahvoli, turmush tarzi o‘rganilgani holda muayyan xizmat ko‘rsatish faoliyati boshlangan, – deydi “Inson” ijtimoiy xizmatlar tuman markazi direktori Rustam Choriyev. –O‘rganishlardan so‘ng ayon bo‘lishicha, tuman aholisining 16 ming 823 nafari yoki qariyb 10 foizini ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari tashkil etadi. Shu bois, o‘tgan oyda tuman tibbiyot birlashmasining tor doiradagi mutaxassislarini jalb qilgan holda hududda yakka-yolg‘iz yashovchi, keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Aniqlangan kasalliklari bo‘yicha o‘ndan ortiq fuqaro davolash muassasalariga yo‘naltirilgan bo‘lsa, yana bir necha nafar ehtiyojmand fuqaro reabilitatsiya-texnik vositalari bilan ta’minlangan. 140 nafardan ortiq fuqaroga salomatligini tiklash uchun sanatoriyalarga yo‘llanmalar berilgan. 

Markazda kelgusida ruhiy-ijtimoiy yordam mobil xizmati ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Yurist va psixologlardan iborat tarkibdagi bu guruhlar orqali og‘ir vaziyatga tushib qolgan va ijtimoiy-huquqiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan fuqarolarga manzilli shoshilinch ruhiy-ijtimoiy, huquqiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Binobarin, faoliyatdan maqsad hech bir fuqaro e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolmasligi kerak. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Inson” insonlar uchun xizmat qiladi