8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni va 10 dekabr – Inson huquqlari xalqaro kuni munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi “Inson huquqlari uyi”da ilk tadbir tashkil etildi.

Unda shoir va tarjimon, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist G‘ulom Mirzo qalamiga mansub “Ezgulik taqvimi: niyat, so‘z va amal birligi” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov taqdimotni ochar ekan, har qaysi jamiyat a’zolari uchun ish va dam olish kunlari mamlakat taraqqiyoti va milliy farovonlikka bevosita xizmat qilishi jihatidan qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, bayram kunlari, muhim milliy va xalqaro sanalar ham shunchalik qadrli ekanligini ta’kidladi.

Shu ma’noda, kitobda muhim milliy va xalqaro sanalar hamda qutlug‘ bayramlarga bag‘ishlangan 70 ta maqola va sharh jamlangani e’tiborga loyiq. Ushbu kitob “Inson huquqlari uyi” tashabbusi bilan chop etilgan dastlabki yangi nashr hisoblanadi.

Taqdimotda so‘zga chiqqan huquqshunos, jurnalist va adiblar ushbu to‘plam kitobxonning turli bayramlar va muhim sanalar haqidagi tushuncha hamda tasavvurini yanada boyitishga xizmat qilishini e’tirof etdi. Shuningdek, u o‘quvchi va talaba yoshlar ayni yo‘nalishda mustaqil ijodiy ishlarni bajarish borasida zarur ko‘nikma va tajriba o‘rganishi uchun ham qo‘l keladi.

G‘ulom Mirzoning yangi kitobi ilm va izlanish yo‘lidagi navqiron tadqiqotchilar uchun ham foydadan holi emas. Chunki unda Internet jahon axborot tarmog‘ida uchramaydigan nodir manbalarda bitilgan ko‘plab zarur ma’lumotlar, muallif o‘z hayot yo‘lida guvohi bo‘lgan tarixiy voqealar bilan bog‘liq muhim dalillar ham qayd etilgan.
Tadbir yakunida taqdimot ishtirokchilariga “Ezgulik taqvimi: niyat, so‘z va amal birligi” kitobi tuhfa etildi. Bir turkum kitoblar “Inson huquqlari uyi” kitob fondiga topshirildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Inson huquqlari uyi”dagi birinchi ma’rifiy tadbir