Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Inson huquqlari – oliy qadriyat" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturiga asosan 20 fevraldan 28 fevralga qadar davom etadigan “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil qilindi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov davra suhbatini ochar ekan, shu kunlarda 75 yilligi keng nishonlanayotgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingandan so‘ng xalqaro hamjamiyat inson huquqi va asosiy erkinligiga ustuvor ahamiyat bera boshlaganini qayd etdi.

Mazkur huquqlardan biri – ta’lim olish huquqi – barchamizning inson huquqlaridan foydalanishimizga keng yo‘l ochadi.

2004 yil 10 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan Inson huquqlari sohasida Jahon ta’lim dasturi ham doimiy amalga oshiriladigan uzluksiz bosqichlardan iborat tashabbus hisoblanadi.

O‘tgan davr mobaynida Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining uch bosqichi dunyo miqyosida amalga oshirildi. Mazkur jarayonda davlatlar tomonidan boshlang‘ich va o‘rta maktabda, oliy ta’lim tizimida, o‘qituvchi va targ‘ibotchilar, davlat xizmati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari va barcha darajadagi harbiylar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida inson huquqi bo‘yicha ta’lim berish bilan bog‘liq ma’rifiy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Dasturning ayni payt davom etayotgan 2020-2024 yillarga belgilangan to‘rtinchi bosqichi yoshlarni tenglik, inson huquqiga amal qilish va kamsitmaslik ruhida tarbiyalash, inklyuziv, tinch va osoyishta jamiyat yaratishga imkon beruvchi sifatli ta’lim berishga yo‘naltirilgan.

Prezidentimizning 2023 yil 7 fevralda imzolangan qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi va ushbu dasturni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Milliy ta’lim dasturi mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, Milliy strategiya ijrosini ta’minlash, Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida bajarish maqsadida qabul qilinganini alohida ta’kidlash lozim.

Davra suhbatida “Inson huquqlari: tarix va kelajak”, “Yoshlar huquqlari – davlat himoyasida” mavzularida ma’ruzalar tinglandi, dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar bo‘yicha jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.

2022 yil dekabrda yakunlangan “Inson huquqlari sohasida ta’lim va tadqiqotlar” tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Saidmurod RAHIMOV,

O‘zA  muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson huquqlari – oliy qadriyat