Mahalla binosi foydalanişga topşirildi
Navoiy viloyatining Navbahor tumani Arabxona mahallasining yangi binosi foydalanişga topşirildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Alişer Raşidov sözga çiqib, mahalla infratuzilmasini rivojlantiriş, aholi uçun munosib şaroitlar yaratiş hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida töxtalib ötdi.

Taʼkidlanganidek, 3 514 nafar aholi istiqomat qilayotgan mahallaning yangi binosi fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş, aholiga xizmat körsatiş va hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur bino qurilişi uçun 1 milliard 320 million söm mablağ sarflanib, “Bahora quriliş kelajagi” MÇJ tomonidan barpo etildi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri