Joriy yilning 8 noyabr kuni “Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning 30 yilligi” medalini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yubiley medalini Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHICHBK) 30 yilligini keng nishonlash doirasida Kengash faoliyatida ko‘p tomonlama hamkorlikka o‘z hissasini qo‘shgan a’zo davlatlar vakillariga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHBK) Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha xalqaro forumdir. OHICHBK – Osiyo va global dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni tushunishga asoslangan forum.

Taqdirlash marosimida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori boshchiligidagi Markaz xodimlari, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash Bosh kotibi Elchi Kayrat Saribay va Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi vakili Adel Mohammad hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida so‘zga chiqqan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash Bosh kotibi Elchi Kayrat Saribay “Insoniylik mezonlari sohasida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning ishonch choralarini amalga oshirish konsepsiyasi” doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga o‘zining inson huquqlari himoyasidagi amaliy hamkorligi uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning 2019 yilda Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan aniq tashabbuslarni bildirganligini hamda O‘zbekiston 2020 yildan boshlab OHICHBKning insoniylik mezonlari bo‘yicha koordinatori hisoblanishini ta’kidladi.

Insoniylik mezonlari sohasida umumiy muvofiqlashtirishni amalga oshirish Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga yuklatilgan.

Markaz bilan hamkorlik doirasida OHICHBKning insoniylik me’zonlari bo‘yicha ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan Harakatlar rejasi (2021-2023 yillar) va “Insoniylik mezonlari sohasida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning ishonch choralarini amalga oshirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi.

Mamlakatimizning OHICHBK faoliyatidagi faol ishtiroki va O‘zbekiston tomonidan e’lon qilingan tashabbuslarni amalga oshirish siyosiy o‘zaro ishonchni mustahkamlash, xavfsizlikni saqlashda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Litva Respublikasi Ombudsmani, Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, BMT Xalqaro migratsiya tashkiloti, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorligi uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari va Parlamentlararo Ittifoqi “Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning 30 yilligi” medali bilan taqdirlangan.

Taqdirlash marosimida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash Bosh kotibi Elchi Kayrat Saribay “Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning 30 yilligi” medalini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktoriga tantanali ravishda topshirdi.

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga “Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning 30 yilligi” medalini topshirish marosimi