Infografika: O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik (+video)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi so‘nggi 9 yillik savdo iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni tahlil qildi.
2017–2025-yillarda O‘zbekistonning Ozarbayjon bilan tovar aylanmasi 9,5 barobar oshib, 32,5 mln dollardan 307,3 mln dollarga yetdi.
Eksport 8,2 barobar oshib, 27,6 mln dollardan 227,3 mln dollarga yetdi
Import esa 16,3 barobar oshib, 4,9 mln dollardan 80 mln dollarga yetdi.
2025-yilda Ozarbayjonning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyalari hajmi 173,7 mln dollarni (2017-yilda bu ko‘rsatkich atigi 0,1 mln dollar) tashkil etdi. Ozarbayjondan O‘zbekistonga to‘plangan jami investitsiyalar hajmi 318,6 mln dollarga yetdi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 442 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning soni 2017-yilga nisbatan (71 ta) 6,2 barobarga oshgan.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/FONoFIxkoh8" title="Infografika: O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi savdo iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>