Ilm-fanning daladagi möʼjizasi – mehnat va islohotlar natijasi
Mening ham paxta dalalari, paxta terimi, çopiq, yagona, çekanka bilan boğliq xotiralarim bor. Tengdoşlarimga nisbatan jussam kiçikroq bölgani uçunmi, ularga öxşab etak-etak, sentnerlab paxta terolmagan, gektarlab çopiq qilolmagan bölsam-da, jarayonlarda qatnaşganman. Bolalik, yoşligim bilan boğliq xotiralarimning asosiy qismi ular.
Yoşim – salkam 40 da. Bilasizmi, hozirgaça çala qolib ketgan maktab darsliklari, öqilmay qolgan mavzular, varaqlanmagan kitob sahifalari, özlaştirilmagan bilimlar har qadamimda pand berayotgandek tuyulaveradi.
Yangi öquv yili boşlanişi bilan paxta terimiga çiqarib yuborilgan biz öquvçilar kuz oxirida maktabga qaytib, darslikning salkam yarmidan davom ettirardik. Öqituvçi vijdonliroq bölsaku mayli, bir darsning özida qolib ketayotgan mavzularning 2-3 tasini qöşib tuşuntirişga harakat qilar, şunday bölsa-da, kimyo, fizika, matematika fanlari baribir öquvçiga murakkab tuyulardi. Endi maktab partasiga moslaşganimizda havo sovib, ayozli kunlar boşlanar, tomidan çakki ötib turgan muzdek sinfxonalarda ötirib bölmay qolardi. Yana darslar ölda-jölda, kelgan öquvçidan kelmagani köp. Öqituvçilarning özlari ham kasal. Bahor kelişi bilan yana paxta çopiği, yagona...
Uyda dars tayyorlay desang, çiroq (elektr energiyasi)ning bölmasligi-ku alohida mavzu.
Xullas, bugun mening farzandim paxta terimining maşaqqatlari tugul, jarayonning qanday bölişini ham bilmaydi. Uning tasavvurida paxta dalalarida texnikalar işlaydi, paxtani ham maşina yiğib-terib oladi. Şahar bolasi şuda, dersiz. Yöq, bugun qişloqda yaşaydiganlarning ham bolaligi butunlay boşqaça. Bugun ularning onalari tongda dalaga ketib, uyiga quyoş botganda çarçab-horib, çangga botib, ter hidi anqib, yuzlari qorayib, qöllari qadoq holda, yelkasiga baklajka, non qoldiqlariyu, bir neçta römol solingan “etak”ni osib kirib kelmaydi.
Bugun qişloq ayollari homilador holida oğir dala yumuşlarini bajarmaydi. Bugun qişloq onalari ham farzandlarini çiroyli kiyintirib boğçaga, maktabga kuzatadi, issiq ovqatlar qilib ularni kutib oladi. Bugun qişloq onalari ham mamnun holda farzandlarini öquv markazlariga, tögaraklarga, sport maşğulotlariga yuboradi, farzandining IELTS, milliy sertifikat olganidan faxrlanib yuradi, muddatidan oldin talaba bölganini aytib maqtanadi. Qizi yoki öğlining nufuzli çet el universitetlariga grant asosida öqişga qabul qilingani, xalqaro musobaqalarda örin olgani, xorijiy kompaniyada işlayotgani va bunga qanday erişgani haqida yoşlarga mahorat darsi ötadi.
Bugun qişloq ayoli oilaviy şaroitidan kelib çiqib, soğliği kötarsa, dalaga çiqib mehnat qiladi, paxta teradi. Aslo majburiyat yoki qandaydir bosim ostida emas. Şunga yaraşa munosib haq oladi, rözğorining kam-köstiga işlatadi, farzandlari va özining ustini butlaydi. Qozonini qaynatadi, ul-bul olib qişga ğamlaydi.
Aslida ham şunday bölişi kerak. Son emas, sifat natija beradi. Har bir sohada bölganidek, qişloq xöjaligi ham ilmga, innovatsion yondaşuvlarga asoslansa, yangiliklarga oçiq bölsa, samarasi yaxşi böladi, ulkan marralarga erişiladi.

Mamlakatimiz tarixida ilk bor 5 million tonnalik paxta xirmoni kötarilgani fikrimizning isboti emasmi? Bu, 2025-yil xirmonidan 1 million tonnaga köp bölib, mustaqillik yillarida qayd etilgan rekord natija, hosildorlik – gektariga 56,2 sentner degani.
Prezidentimizning Özbekiston dehqon va fermerlari hamda barça qişloq xöjaligi xodimlariga yöllagan tabrigida qayd etilganidek, keyingi yillarda tarmoqni öta oğir ahvoldan olib çiqiş uçun çigit ekiladigan maydonlarni 38 foizga qisqartirib, paxta monopoliyasiga barham berildi. Öqituvçi, talaba va öquvçilarni, byudjet taşkilotlari xodimlarini dala işlariga jalb etişga çek qöyildi. Sohani ilm-fan yutuqlari, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratildi.
Suv tejovçi texnologiyalar keng joriy etilişi hisobidan suv sarfi ikki karra kamaydi. Bu yil ekiş sxemalari özgartirilgan, yaʼni köçatlar soni 2-3 karra oşirilgan, kösak qurti va gerbitsidga çidamli yangi biotexnologik navlar ekilgan edi. Uşbu yondaşuv özini oqlab, yaxşi samara berdi. Buni qariyb 400 ming gektar yerda örtaça hosildorlik 70 sentnerga yetgani, salkam 70 ming gektarda 100-110 sentnergaça hosil olingani misolida köriş mumkin.
Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Böriyevning sözlariga köra, bunday yuqori marralarga erişişda Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan Paxtaçilik kengaşining ilmiy tavsiyalari va zamonaviy yondaşuvlar muhim omil böldi.
– Kengaş tomonidan işlab çiqilgan qoidalar asosida sohada tub özgarişlar amalga oşirilmoqda. Ilgari bir gektar maydonga 80 ming dona atrofida köçat ekilgan bölsa, hozirgi kunda zamonaviy seyalkalar yordamida 76 qöş qatorli sxema asosida 240 mingtagaça aniq köçat ekilişiga erişilmoqda. Bu, qöl mehnatidan voz keçib, ortiqça çigit sarfini kamaytiriş hamda tannarxni pasaytiriş orqali katta iqtisodiy samaradorlik bermoqda, – deydi Zabardast Böriyev. – Köçat soni köpaygaç, ösimlikning haddan taşqari ösib ketişining oldi olinadi. Maxsus preparatlar, jumladan, tabiiy etilen gormoni hisoblangan etefon yordamida paxta qisqa vaqt içida bir tekis pişib yetiladi. Tadqiqotlarning körsatişiça, bu jarayon hosil vaznini kamaytirmaydi, aksinça, har bir kösak vazni 6,5 grammdan 8-9 grammgaça ortişini taʼminlaydi. Şuningdek, yangi avlod biotexnologik navlariga begona ötlarga çidamli hamda kösak qurtiga qarşi kuraşuvçi genlarning kiritilişi qöl çopiğidan voz keçiş va hosilni zararkunandalardan 70-100 foizgaça işonçli himoya qiliş imkonini berdi. Şuningdek, şörga va stressga çidamli navlarning yaratilişi yerlarni şör yuviş uçun ketadigan xarajatlar va suv sarfini keskin qisqartirdi.

Darhaqiqat, oldingi agrotexnologiyalarimizda qöl mehnati juda köp edi. Ikki-uç martalab çopiq, yagona, çekanka qilinardi. Şu jarayonlarning özida ham hosildorlik köp yöqotilgan. Şuningdek, paxtaning haqiqiy duşmani bölgan kösak qurti sababli 50 foizgaça, baʼzi fermerlarimiz 70 foizgaça hosildan ayrilardi.
Eng qiziği, dehqon-fermerlar “paxtani kultivatsiya pişiradi”, degan fikrda bölgan. Şu sababli ham 8-9-martalab kultivatsiya qilingan. Mutaxassisning aytişiça, har bir kultivatsiyada mayda tomirlar kesilgan. Mayda tomirlar kesilişi natijasida yana hosil yöqotilgan. Jön qilib aytganda, dehqon va texnikasi bahordan to hosilni yiğib-terib olgunça daladan çiqmagan. Topgan daromadi texnikalarning sarf-xarajati va işçilardan ortmagan.
Buni qarangki, bugungi kunga kelib kultivatsiya qilinmasdan, faqat bahor oyida namlik yuqori bölgandagina bir marta “rixleniye”, yaʼni tuproqni yumşatib, ortiqça sarf-xarajatsiz bemalol paxtani pişirib olsa, böladi.
– Yerga işlov beriş tizimi ham optimallaştirilib, ortiqça kultivatsiyalar soni qisqartirildi va ildiz sistemasi şikastlanişining oldi olindi, – deydi Z.Böriyev. – Alohida taʼkidlanadigan yana bir muhim jihat bor. Bu, qişloq xöjaligida suv resurslarini raqamlaştiriş, taqsimlaş jarayonlarini töğri taşkil etiş va maydonlarni tomçilatib suğorişga ötkaziş hosildorlikni 30-35 sentnerdan 56 sentnerga kötarişda hal qiluvçi ahamiyat kasb etgani.
Hosilni qisqa vaqt – 30-35 kun içida terib olişda mexanizatsiyalaşgan jarayonlarning örni katta. Bugungi kunda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida paxta hosilining qariyb 100 foizi, respublika böylab esa 70-80 foizi maxsus yuqori unumli terim maşinalari yordamida yiğib olinayotgani qanday yaxşi. Mexanizatorlarni moddiy rağbatlantiriş tizimining yölga qöyilgani ularning iş unumdorligini yanada oşirayotir. Davlatimiz rahbarining dehqon va klasterlarga körsatayotgan yuksak eʼtibori va yöllagan tabriklari soha xodimlariga ulkan kuç-quvvat bağişlagani ham bor gap.
Amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar va fermerlarning fidokorona mehnati natijasida birgina joriy yilning özida dehqonlarimiz qariyb 13-14 trillion sömlik sof daromad körişi, kelgusi yilda örtaça hosildorlikni 65-70 sentnerga yetkaziş kutilmoqda.
Oldinda hali vazifalar köp. Yuqori hosildorlikni barqaror saqlaş, suv resurslarini tejaş, mahsulot sifatini oşiriş va fermer daromadini kafolatlaş bugungi kunning muhim talabi.
Har bir gektar yerdan köproq hosil oliş, har bir tomçi suvni tejaş, ilm-fanni dalaga olib kiriş, oğir mehnatni texnika bilan yengillaştiriş va eng muhimi, fermerning manfaatini taʼminlaşdek ezgu maqsad közlangan işda, albatta, xayr-baraka bölur. Haqiqiy baraka esa uni yetiştirgan mehnatkaşlar dasturxonida, oilasi farovonligida va şahar-u qişloqlarimiz obodligida öz aksini topadi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA