Ilg‘or tajribalar ommalashtiriladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanida pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ko‘p tarmoqli “Zebiniso ona avlodlari” fermer xo‘jaligida o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari A. Hakimov, tuman hokimi J. Nurmatov, tuman hokimlarining soha bo‘yicha o‘rinbosarlari, pillachilik klasterlari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda tutzorlar qoshidagi maxsus xonalarda ipak qurtini konveyer usulida uzluksiz va bosqichma-bosqich parvarishlashni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, sohaga zamonaviy ilmiy-innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
[gallery-30985]
Ishtirokchilar fermer xo‘jaligidagi amaliy jarayonlar bilan tanishdi. Pilla yetishtirish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda pillachilik klasterlari faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tajriba almashildi.
Hududlarda ilg‘or tajribalarni keng tatbiq etish, pillachilikda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish va sohaning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA