Ilg‘or pedagogik uslublar asosida
Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyda mingga yaqin o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.
Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyda mingga yaqin o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.
Bu yerda ijtimoiy-gumanitar, xorijiy filologiya hamda tabiy fanlar chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi. Ayniqsa, chet tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik uslublardan keng foydalanilayotgani, bu yo‘nalishda to‘garaklar tashkil etilgani yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishini oshirmoqda.