Ikki nafar Hukumat a’zosining nomzodi ko‘rib chiqildi
Ma’lumki, amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
2021 yil 17 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga Sherzod Shermatov nomzodini hamda Xalq ta’limi vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.