Ijtimoiy-siyosiy leksikadagi semantik jarayonlar
Adibaxon Xalilullayevna TO‘RAXOJAEVA dotsent filologiya fanlari nomzodi Qo‘qon davlat pedagogika instituti Qo‘qon, O‘zbekiston Shaxnoza Ubaydullayevna NIZAMOVA Katta o‘qituvchi Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Qo‘qon davlat pedagogika instituti Qo‘qon, O‘zbekiston Nilufar ABDUJALILOVA magistr Qo‘qon davlat pedagogika instituti Qo‘qon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqola mustaqillik davri o‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy leksikasi rivojidagi faollashgan jarayonlar tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bu jarayon bir necha guruhlarga ajratilgan holda aniq misollar tahlili vositasida tekshirilgan.
Tayanch so‘zlar: til rivoji, leksika, faollashuv, jarayon, faol qatlam, ma’no taraqqiyoti, ma’no kengayishi, ma’no ortishi.