Davlatimiz rahbarining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmondan ko‘zlangan maqsad respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash hamda boshqaruv xarajatlarini qisqartirishdan iborat.

2025 yil 1 noyabrdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari soni tasdiqlandi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari sohaga oid bo‘lmagan vazifalarning qisqartirilishi va faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishini ta’minlaydi.

Shu bilan birga, ma’lumotlarni qayta ishlash hamda sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilma yaratadi. Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yo‘nalishdagi ustuvor loyihalar amalga oshiriladi. Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. Kadrlar salohiyati rivojlantirilishi ta’minlab boriladi. 

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijro etuvchi hokimiyat organlari shtatlari va boshqaruv xarajatlari qisqartiriladi