Ijodkor-ziyolilarning raqamli maydondagi ovozi balandroq yangrashi kerakligi ta’kidlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Hozirgi kunda muloqot qilish, axborot olish elektron platformalarga ko‘chmoqda.
Shunday sharoitda internetdagi yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish uchun ijodkor-ziyolilarning raqamli maydondagi ovozi balandroq yangrashi kerakligi ta’kidlandi.
–Shu bois, yangi tashkil qilinayotgan 21 ta ijodiy birlashma puxta tayyorgarlik ko‘rib, yiliga kamida 4-marta tanlovlar o‘tkazsa, hozir juda dolzarb bo‘lgan mahalla va jamiyatdagi birdamlik, oilani mustahkamlash, halol mehnatni ulug‘lash, tabiatni asrash, atrof-muhitni toza saqlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, isrofgarchilikning oldini olish, eng asosiysi, odamlar qalbida shukronalik, islohotlarga daxldorlik, milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytirish kabi mavzularda ta’sirchan asarlarni ko‘paytirsalar, ulardan minnatdor bo‘lardim, – dedi Prezidentimiz.
El-yurtda katta hurmat va e’tibor qozongan ziyolilarimiz bu ishlarga o‘zlari bosh-qosh bo‘lib, butun xalqimizni “Men O‘zbekiston farzandiman!” degan ezgu g‘oya atrofida birlashtirishiga ishonch bildirildi.
O‘zA