Osiyo olimpiya kengashi hamda Bahrayn Olimpiya qo‘mitasi III yoshlar Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan sanalar va uning dasturidan o‘rin oladigan sport turlarini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, musobaqa 2025 yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn mamlakatida bo‘lib o‘tadi.  

Dasturdan yengil atletika, badminton, basketbol 3x3, ot sporti, kibersport, futzal, golf, gandbol, dzyudo, jiu-jitsu, aralash jang san’ati turlari, veloshosse, suzish, stol tennisi, taekvondo WT, triatlon, sport kurashlari, og‘ir atletika, kabaddi, voleybol va tekbol kabi sport turlari o‘rin olgan.

Ma’lumot o‘rnida: Aslida mazkur musobaqa kelasi yili Toshkent shahrida o‘tishi lozim edi. Biroq turli sabablarga ko‘ra, musobaqa Bahrayn mamlakatida o‘tkazilishi belgilandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III yoshlar Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan sport turlari aniq bo‘ldi