Bahrayn davlatida poyoniga yetgan III Osiyo yoshlar o‘yinlari jahon sport olamiga o‘ziga xos natijalarni tuhfa etishi bilan birga O‘zbekiston sport tarixiga yangicha mujdalarni tortiq etdi.
Mamlakatimiz vakillari ilk bor 37 ta oltin, 16 ta kumush, 28 ta bronza, jami 81 ta medal bilan Osiyo o‘yinlari tarixida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallash bilan bir qatorda yangicha ko‘rsatkichlarni namoyish etdi.
Jumladan, “kichik olimpiada” o‘yinlarida yurtimiz yoshlarining nafari mazkur sovrinlarni qo‘lga kiritishda bevosita qatnashgan bo‘lsa, ularning 42 nafari yigitlar, 35 nafarini sportchi qizlar tashkil etdi.

III Osiyo yoshlar o‘yinlarining eng sermahsul sportchilari sifatida e’tirof etilgan og‘ir atletikachilarimiz Marjona Abdumutalova va Munisbek Davletov, yengil atletikachimiz Shodiyona Rahmonova ikkitadan oltin medallarga egalik qildi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolaridan yosh dzyudochi qizimiz 15 yoshli Dilafro‘z Boltaboyeva eng yosh chempion nomiga, Alina Kolyucheva(15) qit’a o‘yinlarining eng yosh sovrindori nomiga musharraf bo‘ldi.
Yana bir e’tiborli o‘ziga xos jihat, III Osiyo yoshlar o‘yinlarida milliy sport turimiz kurash bo‘yicha rasmiy musobaqalar tashkil etilib, o‘zbekistonlik kurashchilar o‘yinlarning 4 ta vaznida ham g‘oliblikni tantana qilishga erishdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA