Ichimlik va oqova suv tizimi xodimlarining salohiyatini oshirish yuzasidan xalqaro anjuman
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik va oqova suv tizimi xodimlarining salohiyatini oshirish” mavzusidagi xalqaro anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakatimizda ichimlik va oqova suv tizimini rivojlantirish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi tarmoqlar va inshootlarning barpo etilishi, sohaga zamonaviy texnologiyalarning joriy qilinishi esa malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Ya’ni tizimning samarali va uzluksiz ishlashi, eng avvalo, bilimli muhandislar, tajribali texnik xodimlar hamda malakali boshqaruv kadrlariga bog‘liq. Seminar aynan shu masalalar — kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlandi.
2026-yilgi Investitsiya dasturiga “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan 23 ta loyiha kiritilgan. Yanvar–sentabr oylarida 21 ta loyiha doirasida 350,6 million dollar mablag‘ o‘zlashtirildi. Natijada 461,5 kilometr ichimlik suvi va 234 kilometr oqova suv tarmoqlari tortildi, 11 ta suv hamda 2 ta oqova suv inshootining qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo tumanidagi quvvati 40 ming kub metr bo‘lgan “Mang‘it”, To‘rtko‘l tumanidagi 140 ming kub metr quvvatli “Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootlari, shuningdek, Nukus tumanidagi Nukus, Madaniyat, Abadan va Kerder suv taqsimlash inshootlari qurilishi yakunlandi. Buning natijasida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi Amudaryo tumanida 22,5 foizdan 54,1 foizga, Nukus tumanida esa 43,4 foizdan 87,3 foizga yetdi.
[gallery-32123]
Chirchiq shahrida Osiyo taraqqiyot bankining 22,7 million dollarlik kredit mablag‘lari hisobidan kuniga 130 ming kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega inshoot rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Natijada hududda markazlashgan oqova suv xizmati qamrovi 61 foizdan 89 foizga yetkazilib, 240 ming nafar aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat yaxshilandi.
Bugungi kunda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati tizimida 27 ming 50 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ularning 4 ming 310 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Tizimda xodimlarning kasbiy bilimlarini yangilash, muhandislik va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlash, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha o‘quv dasturlari tashkil etilgan.
Joriy yilning to‘qqiz oyida 1 ming 531 nafar xodim malaka oshirdi. Shundan 1 ming 438 nafari “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati Ilmiy-o‘quv markazida, 93 nafari esa xorijiy davlatlarda o‘qidi. Markazdagi mashg‘ulotlarda 948 nafar mutaxassis an’anaviy, 490 nafari masofaviy shaklda ishtirok etdi. Onlayn ta’lim hududlardagi xodimlarga ish faoliyatidan uzoqlashmagan holda o‘z malakasini oshirish imkonini bermoqda.
O‘quv dasturlarida ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda inshootlaridan foydalanish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish kabi amaliy masalalar qamrab olingan. Mashg‘ulotlarga muhandis-texnik xodimlar, bosh muhandislar, ularning 490 nafari masofaviy shaklda qatnashdi. Onlayn ta’lim hududlardagi xodimlarga ish faoliyatidan uzoqlashmagan holda o‘z malakasini oshirish imkonini bermoqda.
Markazdagi mashg‘ulotlarda 948 nafar mutaxassis an’anaviy, 490 nafari masofaviy shaklda qatnashdi. Onlayn ta’lim hududlardagi xodimlarga ish faoliyatidan uzoqlashmagan holda o‘z malakasini oshirish imkonini bermoqda.
O‘quv dasturlarida ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda inshootlaridan foydalanish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish kabi amaliy masalalar qamrab olingan. Mashg‘ulotlarga muhandis-texnik xodimlar, bosh muhandislar, ularning o‘rinbosarlari, tuman va shahar korxonalari rahbarlari jalb qilinmoqda.
Xalqaro tajribani o‘rganish ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Jumladan, Janubiy Koreyaning K-water kompaniyasi va KOICA bilan hamkorlik doirasida mutaxassislar zamonaviy suv xo‘jaligi texnologiyalari hamda boshqaruv usullari bilan tanishdi. Bundan tashqari, 600 nafar xodim tavsiyanoma asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinib, muhandislik, irrigatsiya, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda tahsil olmoqda.
Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ularda yoshlarning takliflari, ish jarayonidagi muammolari va kasbiy rivojlanish rejalari muhokama qilindi.
Xalqaro anjumanda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va ilg‘or xorijiy tajribani mahalliy sharoitda qo‘llash masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Zero, barpo etilayotgan har bir yangi tarmoq va inshootning uzoq muddat samarali ishlashi uni boshqaradigan, xizmat ko‘rsatadigan va texnik muammolarga o‘z vaqtida yechim topadigan mutaxassislarning salohiyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.