Prezident tashabbusi – amalda

Mamlakatimizda yoshlar bilan tizimli ishlash borasida yangicha yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muhim loyiha va dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq qilinmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023 yil 28 noyabrda imzolangan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Ushbu hujjatga ko‘ra, jahonda mashhur bo‘lgan kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish hamda shu orqali yoshlarni zamonaviy ilm-fanning so‘nggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borish tizimini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

“Mutolaa” dasturi muhim loyihalar sirasiga kirishi shubhasiz. Mazkur dastur orqali yosh kitobxonlarni 1,5 million nafarga yetkazish choralari ko‘riladi. Buning uchun hududlarda qo‘shimcha infratuzilma barpo etilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.

– Bu yil ko‘plab loyihalar, shu jumladan, yoshlarimizni kitobga mehr qo‘yishiga undaydigan ishlar amalga oshiriladi, – deydi “Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov. – Xususan, bizning loyiha yoshlarimiz o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan. O‘zbekiston va jahondagi adabiyotlarni audio, video va elektron tarzda bitta ilovaga joylashni reja qilganmiz. Mazkur ilova sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda, har bir o‘quvchiga o‘zining individual yondashuv qilib, “nima o‘qiydi”, “qachon o‘qiydi”, degan savollarga ham javob beradi.  

Yaqin kunlarda mega loyihaning taqdimotini o‘tkazish reja qilingan.

Shuningdek, ertak, hikoya, topishmoq, tez aytishlar orqali o‘zbek tilidagi kontentni boyitish ham maqsad qilingan. Qayd etilishicha, hozir “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida o‘zbek tilidagi ma’lumotlar ko‘p emas. Shu bois, o‘zimizning milliyligimizni, madaniyatimizni targ‘ib etishimiz lozim.

Yana bir mega loyihalardan biri “Ibrat farzandlari” sanaladi. Prezidentimiz yoshlar maktabni bitirgach, ikki til va bitta kasbni mukammal o‘rganishi lozim, degan tashabbusni ilgari surgan. “Ibrat farzandlari” loyihasining “Ibrat Academy” ilovasi boshqaruvchisi Iskandar Kamoliddinov davlatimiz rahbari tashabbusiga javoban tashkil etilgan ushbu loyiha haqida ma’lumot berdi.  

Loyihaning nomi vatan ravnaqi uchun hissa qo‘shgan jadidchi bobolarimiz xotirasi bilan bog‘liq. Masalan, Ibrat Ishoqxon bobomiz o‘z davrida ko‘p tillarni bilgan va yoshlarga bepul o‘rgatgan. “Ibrat farzandlari” loyihasi vakillari ham jadidchi bobolari izdoshlari sifatida yangi formatda, ya’ni onlayn ta’lim ulashish, yurtdoshlarimizga tillarni bepul o‘rgatish bo‘yicha dastur tayyorlagan.

“Mutolaa” dasturi va “Ibrat farzandlari” loyihasi vakillari bilan suhbatni YouTube tarmog‘idagi sahifamiz orqali ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/u_w46R25Y74" title="“Ibrat farzandlari” va “Mutolaa” kabi yirik loyihalarga qiziquvchi yoshlar safi kengaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,

Asliddin Alijonov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ibrat farzandlari” va “Mutolaa” kabi yirik loyihalarga qiziquvchi yoshlar safi kengaymoqda (+video)