Humoyun Sultonov muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi
Ayni damda tennis bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi “Devis kubogi” jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasida Nigeriya terma jamoasiga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazmoqda.
Yakkalik bahslaridan o‘rin olgan ilk uchrashuvda Humoyun Sultonov raqibi Kanis Abua ustidan 6:3, 6:4 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Mazkur natija orqali vatandoshimiz terma jamoamizni umumiy hisobda oldinga olib chiqdi. Ayni paytda Abdulaziz Usmonjonov va Daniyel Adeleye o‘rtasidagi bellashuv davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi to‘qnashuvlarda juftlik hamda yakkalik bahslari rejalashtirilgan. Agarda bugun terma jamoamiz har ikkala o‘yinda zafar quchsa, shu bilan birga Nigeriya vakillari Mishel Emmanuel – Abubakara Yusuf tandemi va Ilya Ignatov – Suhrob Saidov juftligi o‘rtasidagi uchrashuvda tennischilarimizning qo‘li baland kelsa, yakkalik bahslar o‘tkazilmaydi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA