“Humo” mag‘lubiyatga uchradi
Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionatida Toshkentning "Humo" klubi o‘z uyida "Arlan" jamoasini qabul qildi.
Umumiy hisobdagi to‘rtinchi o‘yinda har ikkala jamoa g‘alaba qozonish uchun o‘zining bor imkoniyatlarini ishga soldi. Natijada o‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida hisob 3:3 ko‘rinishini oldi. Afsuski, bulitda "Arlan" xokkeychilarining qo‘li baland keldi hamda o‘z uylariga 3:4 hisobidagi g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.

Garchi imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa-da, "Humo" klubi chempionat jadvalidagi ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. "Arlan" esa 51 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinda qoldi.
Endi poytaxtimiz klubi 31 yanvar, 1 fevral kunlari chempionat doirasidagi so‘nggi ikki o‘yinni “Humo arena” majmuasida “Nomad” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA