Hududlardagi imkoniyatlardan samarali foydalaniş vazifalari belgilandi
Bugun mamlakatimizda aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat körsatiş, soğliqni saqlaş tizimini xalqaro talablar asosida takomillaştiriş, şuningdek, tibbiy turizmni yangi bosqiçga olib çiqişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan hududlarning mavjud salohiyatidan samarali foydalaniş, tibbiy xizmatlar qamrovi va sifatini oşiriş, xorijiy fuqarolarni ham mahalliy tibbiyot muassasalariga jalb etiş borasida belgilanayotgan vazifalar bu yönalişda yangi imkoniyatlarni yuzaga çiqarmoqda.
Ayniqsa, Buxoro viloyatining geografik joylaşuvi, qöşni davlatlar bilan çegaradoşligi, boy turistik salohiyati va şakllangan tibbiy infratuzilmasi tibbiy turizmni rivojlantiriş uçun muhim omil hisoblanadi. Endi asosiy vazifa uşbu imkoniyatlarni aniq loyihalar, zamonaviy xizmatlar va aholi hamda xorijiy mehmonlar uçun qulay şart-şaroitlar bilan boyitişdan iborat.
Şu maqsadda Akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Saidmurod Ismoilov hamda direktor örinbosari Jamşid Hojiboyev Buxoro viloyatiga taşrif buyurdi.
Maʼlumki, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan mazkur markaz Buxoro viloyatiga kurator etib biriktirilgan. Şu asosda har oyda hududdagi tibbiyot muassasalarining faoliyati, moddiy-texnik imkoniyatlari, tibbiy xizmat sifati va mavjud muammolar örganilib, ularni bartaraf etiş yuzasidan amaliy tavsiyalar berib kelinmoqda. Bunday tizimli hamkorlik hududiy tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, ilğor tajribalarni joriy etiş va ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam sifatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Taşrifning dastlabki manzili Olot tumani böldi. Bu yerda tuman tibbiyot birlaşmasining faoliyati, mavjud infratuzilma, mutaxassislar salohiyati va aholiga körsatilayotgan xizmatlar bilan tanişildi. Şundan söng Olot va Qoraköl tuman tibbiyot birlaşmalari rahbariyati hamda masʼul xodimlari iştirokida kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi.

Unda hududda tibbiy turizmni rivojlantiriş, mavjud tibbiy infratuzilma imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş, xizmatlar turini köpaytiriş va kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar atrofliça muhokama qilindi.
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 3–4-noyabr kunlari Buxoro viloyatiga taşrifi davomida Olot tumani va Turkmaniston bilan çegaradoş hududda köprik qurilişi uçun 25 milliard söm mablağ ajratilişi böyiça bergan topşiriği tibbiy turizm nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Zero, yangi transport boğlanişlari çegara hududlarida aholi va mehmonlar harakatini yengillaştiriş bilan birga, tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Bu esa Olot va Qoraköl tumanlarida mavjud tibbiy salohiyatni işga soliş, qöşni davlat fuqarolariga talab yuqori bölgan tibbiy xizmatlarni taklif etiş va hududning tibbiy turizm yönalişidagi jozibadorligini oşiriş uçun zamin yaratadi.
Muhokamalarda tibbiy turizmni rivojlantiriş faqat davolaş xizmatlarini taklif etiş bilan çeklanmasligi, balki taşxis qöyiş, profilaktik körik, zamonaviy laboratoriya tekşiruvlari, malakali mutaxassislar maslahati va bemorlar uçun qulay xizmat körsatiş tizimini ham qamrab olişi zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati örganildi. Muassasada mahalliy va xorijiy fuqarolarga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar, yaratilgan şart-şaroitlar, mavjud imkoniyatlar va hal etilişi lozim bölgan masalalar közdan keçirildi.
Örganişlar davomida har ikki tibbiyot muassasasida çek-ap tizimini joriy etiş, aholi va xorijiy fuqarolar uçun tibbiy xizmatlar kölamini kengaytiriş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş hamda bemorlar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş masalalariga alohida urğu berildi. Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan masʼullarga tegişli körsatma va topşiriqlar berildi.

Darhaqiqat, tibbiy turizm — bu nafaqat soğliqni saqlaş sohasining yangi daromad manbai, balki hududning xalqaro nufuzi, xizmatlar eksporti va iqtisodiy faolligini oşirişga xizmat qiladigan muhim yönalişdir. Buning uçun esa zamonaviy tibbiy uskunalarning özi kifoya qilmaydi. Malakali kadrlar, xalqaro talablarga mos xizmat körsatiş madaniyati, tezkor taşxis, sifatli davolaş va bemorlar işonçini qozonadigan tizim zarur.
Buxoroda olib borilayotgan örganişlar ham ana şu maqsadlarga qaratilgan. Eng muhimi, hududning mavjud imkoniyatlarini aniqlaş bilan birga, ularni amaliy natijaga aylantiriş, tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş va viloyatni tibbiy turizmning istiqbolli markazlaridan biriga aylantiriş vazifalari belgilab olinmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri