Uç yoşga tölmagan farzandi bor ota-onalar uçun qanday imtiyozlar bor?
Huquqiy munosabatFarzand tarbiyasi va kasbiy faoliyatni bir vaqtda olib boriş har bir ota-onadan katta kuç va masʼuliyat talab etadi. Ayniqsa, gödakning hayotidagi eng muhim va nozik davr — uning uç yoşgaça bölgan pallasida ota-ona mehri va parvarişiga bölgan ehtiyoj har qaçongidan ham yuqori böladi. Şu bois mamlakatimiz mehnat qonunçiligida oilaviy vazifalarni bajariş bilan band bölgan xodimlarni qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 397-moddasida uç yoşga tölmagan bolasi bor ota-onalar uçun muhim ijtimoiy kafolat — qisqartirilgan iş vaqti belgilangan.
Bu borada Toşkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev quyidagiça huquqiy tuşunça berdi:
–Mehnat kodeksining 397-moddasiga köra, byudjetdan moliyalaştiriladigan taşkilotlarda mehnat qilayotgan uç yoşga tölmagan farzandi bor ota-onadan biriga (yoki vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oşmaydigan iş vaqti örnatiladi. Eng ahamiyatli jihati şundaki, iş soatlari kamaytirilganiga qaramay, xodimning oylik maoşi töliq miqdorda saqlanib qoladi.
Biroq, amaliyotda köplab xodimlar va hatto ayrim iş beruvçilar ham uşbu huquqdan qay tartibda foydalaniş, qanday hujjatlar taqdim etiş va iş jadvalini qanday şakllantiriş borasida yetarli maʼlumotga ega emas.
Bunda xodimga töliq iş kunida işlaydigan xodimlar bilan bir xil miqdorda iş haqi tölanadi. Byudjetdan moliyalaştirilmaydigan taşkilotlarda işlaydigan xodimlar uçun ham bunday imtiyoz jamoa şartnomasi yoki iş beruvçining içki hujjatlarida kelişilgan holda belgilanişi mumkin.
Iş vaqti qisqartirilganiga (odatdagi 40 soat örniga 35 soat) qaramay, xodimga mehnat haqi har kungi töliq iş davomiyligida işlaydigan xodimlar uçun belgilangan miqdorda 100 foiz töliq stavkada tölanadi.
Uşbu imtiyozdan ota yoki onadan faqat bittasi (yoki vasiysi) foydalanişi mumkin. Agar er-xotinning ikkalasi ham byudjet taşkilotida işlasa, ikkinçisi bu imtiyozdan foydalanmayotgani haqida iş joyidan maʼlumotnoma taqdim etilişi talab qilinişi mumkin.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA