"Parij-2024" Olimpiadasining yo‘llanmalari va reyting ochkolarini qo‘lga kiritishda joriy yilning so‘nggi oylarida o‘tkazilayotgan Olimpiya saralash musobaqalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungacha mamlakatimiz sportchilari kelgusi yili Parijda bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining 12 ta yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bir qator sport turlarida hamyurtlarimiz reyting ochkolariga ega bo‘lib turibdi.  

Hozirgacha bokschilarimiz 4 ta, erkin va yunon rum kurashchilarimiz 3 ta, velosportchilarimiz 4 ta, badiiy gimnastikachilarimiz 1 ta Olimpiya yo‘llanmalariga ega bo‘lib turibdi.  

Shuningdek, taekvondo, og‘ir atletika, dzyudo, qilichbozlik kabi qator sport turlaridagi terma jamoamiz a’zolari "Parij-2024" reyting ochkolarini jamg‘arishda peshqadamlik qilishmoqda.  

Bundan tashqari futbol bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoasi a’zolari to‘rt yillik o‘yinlarda ishtirok etish yo‘lida munosib natijalarga erishishga harakat qilayotgani e’tiborli.  

Ayni kunlarda kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Tailandda tashkil etiladigan ketma-ket ikkita litsenzion musobaqalarda ishtirok etish uchun yo‘l oldi.  

Merganlarga "Parij-2024" chiptalarini taqdim etadigan birinchi musobaqa — Osiyo chempionati 5-9 noyabr kunlari tashkil etiladi.  Chempionat nizomiga ko‘ra, shu paytgacha yo‘llanma ololmagan atletlar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikki mergan Olimpiada ishtirokchisiga aylanishi mumkin bo‘ladi.  

Shundan so‘ng, 10-12 noyabr kunlari Tailandda ikkinchi litsenzion turnir bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa faqat jamoaviy dasturda o‘tkazilib, unda erkaklar va ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan davlatlargina "Parij-2024" yo‘llanmasi sohibiga aylanadi.  

Ushbu nufuzli musobaqalarda "Parij-2024" yo‘llanmalari uchun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Amirxon Sodiqov, Ozodbek Ungalov, Chen Yao Yuy, Mirjalol Mirolimov, Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Jasmina Nurmanova va Bibixojar Yo‘ldosheva kurash olib boradi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hozircha 12 nafar sportchimiz "Parij-2024" yo‘llanmasiga ega